Jamiyat

Haydovchilik guvohnomalarini berish uchun toʻlovning yangi miqdorlari tasdiqlandi

© Sputnik / Vadim ShekunVoditelskoye udostovereniye Uzbekistana
Voditelskoye udostovereniye Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Haydovchilik guvohnomasini berish uchun toʻlov eng kam ish haqining 20 foizidan 70 foiziga oshirildi

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Oʻzbekiston ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalari tasdiqlandi.

Voditelskiye prava novogo obraztsa - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi haydovchilik guvohnomasi jahon standartlari talablariga javob beradi - YHXB

Hujjatga koʻra, avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomani berish uchun eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida toʻlov toʻlanadi.

Avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish haqida vaqtinchalik guvohnomani berish uchun esa eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida toʻlov toʻlash lozim.

Yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki oʻgʻirlangan avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma dublikatini berish uchun eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.

Yoʻqotilgan avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma dublikatini berish uchun eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.

Yoʻqotilgan avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish haqida vaqtinchalik guvohnoma dublikatini berish uchun belgilangan toʻlov stavkasining 5 baravari miqdorida undiriladi.

Teoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
IIV haydovchilik guvohnomasi berishning yangi tartibini eʼlon qildi

Haydovchilik guvohnomasini berish uchun toʻlov eng kam ish haqining 20 foizidan 70 foiziga oshirildi.

Yoʻqotilgan haydovchilik guvohnomasi oʻrniga vaqtinchalik ruxsatnoma berish uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida toʻlov toʻlanadi.

Yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki oʻgʻirlangan haydovchilik guvohnomasi oʻrniga dublikatini, shu jumladan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni oʻrniga yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini berish uchun eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.

Yoʻqotilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni oʻrniga yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini berish uchun eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi;

Yoʻqotilgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi oʻrniga dublikat berish uchun eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida undiriladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 17 oktyabrdan boshlab yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari berish boshlandi. Yangi namunadagi guvohnomalar maxsus himoya vositalariga ega boʻlib, maxsus elektron belgi (NFC)ga ham ega. Yangi guvohnomalar barcha xalqaro meʼyorlarga javob beradi va ulardan boshqa mamlakatlarda foydalanish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala