Jamiyat

Germaniyalik yuristlar Oʻzbekiston sarmoyaviy qonunlarini yaxshilashga yordam beradi

Bu haqidagi kelishuvga Oʻzbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Germaniya elchisi Gyunter Overfeld bilan uchrashuvida erishgan.

TOSHKENT, 6 noya — Sputnik. Oʻzbekiston sarmoya sohasidagi qonunlarni takomillashtirish maqsadida Germaniyaning yetakchi yuridik kompaniyalarini hamda soha ekspertlarini taklif qilishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu masalalar Oʻzbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Germaniya federativ Respublikasi elchisi Gyunter Overfeld bilan uchrashuvida muhokama qilindi.

Minyust Uzbekistana i Top-5 yuridicheskix kompaniy SSHA podpisali Memorandum o povыshenii kvalifikatsii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Adliya vazirligi AQShning eng kuchli 5 yuridik kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

Xususan, Oʻzbekiston tomoni sarmoyalar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda Germaniyalik ekspertlarni taklif qilish tashabbusi bilan chiqdi. Undan tashqari, Oʻzbekiston sarmoyadorlarga konsalting xizmatlari koʻrsatuvchi Germaniyaning yetakchi yuridik kompaniyalari vakillarini Oʻzbekistonga  taklif qilish imkoniyati koʻrib chiqlmoqda.

Mahalliy ekspertlar fikriga koʻra, bu mamlakatda ishonchli sarmoyaviy muhit yaratishga xizmat qiladi.

Hamkorlikning Oʻzbekiston qiziqqan yana bir sohasi bu – sarmoyaviy va arbitraj huquqlari sohasida kadrlar tayyorlash va malaka oshirishdir. Oʻzbekiston bu borada Germaniyaning tegishi tashkilotlari bilan aloqalar oʻrnatishni istaydi.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Oʻzbekiston Adliya vazirligi AQShning bir necha nufuzli yuridik maslahat kompaniyalari mutaxassislari yordamida mamlakatdagi kadrlar malkasini oshirishni rejalashtirgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala