TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Ural davlat iqtisodiyot universiteti Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazida oʻz oʻquv dasturlarini taqdim qildi, deb xabar bermoqda RFMM matbuot markazi.
Xabarda aytilishiga koʻra, Ural iqtisodiyot universiteti tashqi iqtisodiy aloqalar, xalqaro biznes oziqgʻovqat texnologiyalari va biotexnologiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlashga yordam beradi.
Rossotrudnichestvoda boʻlib oʻtgan uchrashuvda kasb-hunarga yoʻnaltirilgan master-klasslar boʻlib oʻtdi.
Eslatib oʻtamiz, taʼlim sohasi Rossiya va Oʻzbekiston hamkorlikni ildam tiklayotgan sohalaridan biridir. Ayni damda UrGeuda 40dan ortiq oʻzbekistonlik talabalar tahsil olmoqda.