Jamiyat

Oʻzbekistonda elektr va gaz uchun toʻlovlarning yangicha tariflari joriy etiladi

CC BY-SA 2.0 / Ken Teegardin / Kalkulyator
Kalkulyator - Sputnik Oʻzbekiston
Respublikaning elektr taʼminoti tizimiga yuklamani tenglashtirish maqsadida elektr energiyadan foydalanganlik uchun toʻlovlarning qulay tariflari joriy qilinmoqda

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda 2018 yil 1 yanvardan tadbirkorlar foydalanilgan elektr energiyasi va gaz uchun toʻlovlarni yangi tartibdagi tariflarda amalga oshiradilar. Bu haqda Oʻzbekiston prezidentining qarorida belgilab qoʻyildi.

Endilikda, pishgan gʻisht, gips, tsement va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, shuningdek, muayyan xizmatlar koʻrsatuvchi (restoranlar, kafelar va boshqalar) isteʼmolchilar ulangan quvvati 750 kVA boʻlgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlar Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan oʻrnatiladigan oʻsib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.

Gazovыy elektronnыy schetchik - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Oʻzbekenergo" va "Oʻztransgaz" faoliyati qoniqarsiz deb topildi

Ulangan quvvati 750 kVA va undan yuqori boʻlgan isteʼmolchilar elektr energiya uchun hisob-kitoblarni sutka vaqtlarining tabaqalashtirilgan tarifi boʻyicha amalga oshiradi. Mazkur tartib byudjet tashkilotlari, fermer xoʻjaliklari va suv isteʼmolchilari uyushmalarining nasos stantsiyalari, shuningdek, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stantsiyalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Respublikaning elektr taʼminoti tizimiga yuklamani tenglashtirish maqsadida elektr energiyadan foydalanganlik uchun toʻlovlarning qulay tariflari joriy qilinmoqda.

Jumladan, tigʻiz payt – ertalabki va kechki vaqtda (belgilangan tartibda oʻrnatiladi) foydalanilgan elektr energiyasi uchun toʻlovlar belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda oʻsuvchi koeffitsiyentni qoʻllash orqali amalga oshiriladi. Eng kam yuklamali soatlarda, yaʼni tungi paytda belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamayuvchi koeffitsiyentdan foydalaniladi. Bunda belgilangan tarif yarim tigʻiz paytda, yaʼni sutkaning yorugʻ vaqtida elektr energiya taʼminotiga toʻlovlar uchun saqlanib qoladi.

Davlat rahbarining mazkur qarori Oʻzbekistonda zamonaviy energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha faoliyatni jadallashtirishga xizmat qiladi, energiya resurslaridan oqilona foydalanilishini taʼminlaydi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda yiliga 60 milliard kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Elektr energiyasi isteʼmoli yildan-yilga oshib bormoqda. Masalan, 2000 yilda bir oila bir oyda 114 kVt/soat elektr energiyasi ishlatgan boʻlsa, 2016 yilga kelib bu koʻrsatkich 35%ga oshdi va 160 kVt/soatga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala