Siyosat

Samarqanddagi yirik anjuman yangi siyosiy xaritani hosil qildi - Abdulaziz Kamilov

© Mejdunarodnыy press-klubMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy Osiyo xavfsizligi global xavfsizlikning ajralmas qismi hisoblanadi. Jahon hamjamiyati shu boisdan ham ushbu mintaqa tinchligi, xavfsizligi va barqaror rivojlanishi uchun oʻz masʼuliyatini his qiladi. Samarqandda boʻlib oʻtgan xalqaro anjuman ishtirokchilari xuddi shunday yakuniy xulosaga keldilar

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Bugun, 11 noyabr kuni Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan "Markaziy Osiyo: bir oʻtmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va oʻzaro farovonlik uchun hamkorlik" xalqaro konferentsiyasi yakunlandi.

Flagi stran-uchastnits konferentsii po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Tsentralnoy Azii - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida 2018-2019 yillar uchun hamkorlik dasturi imzolandi
Tadbir yakunida OAV vakillari bilan uchrashgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov anjuman muvaffaqiyatli yakun topganini qayd etdi.

Ikki kun davom etgan anjuman tufayli qadimiy Samarqand va bu shaharda sodir boʻlayotgan voqeliklar jahon hamjamiyati eʼtiborida boʻldi.

Anjumanda xorijiy mamlakatlardan kelgan 500 dan ziyod delegatsiyalar: 20dan ziyod Osiyo davlatlari vakillari, oʻndan ziyod xalqaro tashkilotlar vakillari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi.

Anjuman davomida 70 dan ziyod chiqishlar tinglandi. Bu maʼruzalarda mintaqa mamlakatlari oʻrtasida iqtisodiyot, transport, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, suv-energetika resurslaridan birgalikda foydalanish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf va tahdidlarga qarshi hamkorlikda kurashish, qoʻshni Afgʻoniston respublikasida tinchlik oʻrnatish yuzasidan muhim takliflar bildirildi.

Anjuman qatnashchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida ahil qoʻshnichilik va hamkorlik aloqalarni rivojlantirish, mintaqa davlatlari rahbarlarining doimiy maslahatlashuvlar oʻtkazish va boshqa tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi.

Vid na ulitsu Gran Via i zdaniye Edifisio Metropolis v Madride - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Ispaniyaga boradi

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga doir maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullandi.

Xalqaro konferentsiya yakuni boʻyicha kommyunike qabul qilingani maʼlum qilindi.

"Bugungi uchrashuv, muzokaralardan soʻng davlatlarimiz bir-birini yanada yaxshiroq tushuna boshladilar. Bularning barchasi, shubhasizki, Markaziy Osiyo davlatlarining yangi siyosiy xaritasini hosil qildi. Samarqandda haqiqatda tarixiy voqea yuz berdi", — deya oʻz nutqiga yakun yasadi Abdulaziz Kamilov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala