Siyosat

Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston oʻrtasida imzolangan hujjat bekor boʻlishi mumkinmi?

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisaniye dokumentov
Podpisaniye dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston oʻrtasida imzolangan hujjatlar BMTga topshiriladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatni xalqaro jihatdan kafolatlaydi va, shubhasiz, buni buzishga hech kimning haqqi yoʻq, - dedi xalqaro anjuman davomida vazir Kamilov

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. "Markaziy Osiyo: Yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro konferentsiya yakuni boʻyicha oʻtkazilgan brifing davomida Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasida imzolangan uch davlatning chegaralari tutashgan nuqtasi joylashgan oʻrnini aniqlash va uning hududida davlat chegaralarini delimitatsiya qilish hujjati BMT tomonidan kafolatlanadi, deya taʼkidladi.

Flagi stran-uchastnits konferentsii po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Tsentralnoy Azii - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida 2018-2019 yillar uchun hamkorlik dasturi imzolandi
Brifing davomida "Qalampir.uz" elektron nashri rahbari Qamariddin Shayxov Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kamilovga "Uchala mamlakat oʻrtasida biror muammo chiqgudek boʻlsa, bu chegara yuzasidan imzolangan yangi hujjatga taʼsir oʻtkazadimi?", — degan savol bilan murojaat qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ushbu hujjatlar ustida uzoq vaqt va puxta ish olib borilganini qayd etdi.

"…Mamlakatlar oʻrtasida qandaydir tushunmovchilik va muammo chiqsa, bu hujjatga hech qanday taʼsiri boʻlmaydi. Uch tomonlama shartnoma misolida olib qarasak, shartnoma ikki davlat emas, uch mamlakat oʻrtasida imzolandi. Bu hujjatlar ratifikatsiya qilingandan soʻng, biz ularni BMTga yuboramiz. Bu esa hujjatni xalqaro jihatdan kafolatlaydi va, shubhasiz, buni buzishga hech kimning haqqi yoʻq.

Chegaralarni delimitatsiya qilish — bu juda murakkab va juda ogʻir jarayon. Biz Qirgʻiziston bilan 85 % chegaramizni kelishib, delimitatsiyadan oʻtkazdik. Lekin 15 %i qoldi, biroq bu ham oson ish emas. Kelajakda bu boradagi hamkorlikni davom ettiramiz.

Flagi stran-uchastnits konferentsii po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Tsentralnoy Azii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Markaziy Osiyoning kelajagi ahillik va oʻzaro hamkorlikka bogʻliq
Yuqorida taʼkidlab oʻtganimdek, chegara qismlarining juda ogʻir hududlari bor. Qirgʻizistonning ichkarisida kichik-kichik anklavlar bor va u yerda oʻzbek aholisi yashaydi. Xoʻsh, nima qilish kerak? Toʻgʻridan toʻgʻri yoʻl yoʻq, yo yoʻl ochishimiz kerak, yo oʻzaro kelushuvga borish kerak. Qirgʻizistonda yashaydigan oʻzbek fuqarolarini manfaatlarini Oʻzbekiston himoya qilishi lozim.

Bu yerda gap faqat chegara emas, 1 nafarmi yo 5 nafarmi — oʻsha yerdagi Oʻzbekiston fuqarolari haqida ketyapti. Biz ularning manfaatlarini himoya qilib, kerakli sharoitlarni yaratib berishimiz kerak.

Albatta, imzolangan hujjatlar yuzasidan shubhalar tugʻilishi tabiiy. Bu hujjatlarni kichik guruh imzolayotgani yoʻq. Birinchidan, hukumat ishtiroki bor. Ikkinchidan, bu hujjat parlamentdan ratifikatsiyadan oʻtadi. Uchinchidan, hujjat BMTga topshiriladi. BMT esa shubha uygʻonmasligiga kafolat beradi. Hayot murakkab, buyogʻini koʻramiz…", — dedi Oʻzbekiston TIV rahbari.

Eslatib oʻtamiz, shartnoma ratifikatsiya qilingan yorliqlar almashilgan kundan boshlab kuchga kirdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev anjuman ochilish marosimida ushbu tarixiy hujjat bir-biriga qoʻshni boʻlgan uch mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlikni yanada mustahkamlashini taʼkidlab oʻtgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala