Siyosat

Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasida hamkorlik rivojlantirishga kelishib olindi

© Sputnik / Katerina Sovdagari / Fotobankka oʻtishKupol nad zdaniyem prezidentskogo dvortsa v Tbilisi.
Kupol nad zdaniyem prezidentskogo dvortsa v Tbilisi. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Nyu-Yorkda 2017 yil sentyabrda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili mamlakatlar oʻrtasida aloqalarni rivojlantirishga kelishib olingan

TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Tbilisida Oʻzbekiston va Gruziya Tashqi ishlar idoralar delegatsiyalar oʻrtasida navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabariga asosan.

Vid na Tbilisi s vыsotы ptichyego poleta - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Yil boshidan buyon Gruziya bilan mahsulot ayirboshlash 20 foizga oshdi

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda davlatlararo hamkorlik qilish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, Gruziya tomoniga BMTning Bosh assambleyasining 72-sessiyasida Oʻzbekiston prezidentining nutqidagi dasturlar va Samarqandda boʻlib oʻtgan "Markaziy Osiyo: Yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik" mavzusida xalqaro anjumanida koʻrilgan asosiy masalalarning mazmun mohiyati yetkazildi.

Eslatib oʻtamiz, Nyu-Yorkda joriy yil sentyabrda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili oʻrtasida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtgan.

Oʻzbekiston Gruziyaga avtomobillar, toʻqimachilik va elektr texnikasi mahsulotlari eksport qilish, Gruziya yoʻllari orqali jahon bozoriga chiqishdan manfaatdorligi hamda Gruziya Oʻzbekistondan meva-sabzavotlar xarid qilish, vinochilik sohasida qoʻshma korxonalar tashkil etish istagida ekanligi taʼkidlangandi.

Yangiliklar lentasi
0