TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 noyabrdagi qarori bilan oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasb va lavozimda ishlash tartibi takomillashtirildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Qarorga asosan sogʻliqni saqlash davlat tizimi tashkilotlari xodimlari boʻsh oʻrin va tegishli malaka boʻlgan taqdirda amalda ishlangan vaqt uchun mehnatga haq toʻlangan holda oʻrindoshlik asosida shartnomalar tuzishi mumkin.
Bunda oʻrindoshlik boʻyicha ish vaqtining davom etishi vrachlar uchun ish vaqtining oylik normasidan ortiq boʻlmasligi lozim.
Shuningdek, Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra byudjet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlash miqdori lavozim boʻyicha maoshning 50 %dan (ilgari 30 % edi) ortiq boʻlishi mumkin emasligi belgilandi.