TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. “Oʻzbekenergo” va Koreyaning davlat energetika kompaniyasi KERSO Oʻzbekistonda elektr hisoblagichlar koʻrsatkichlarini avtomatik ravishda jamlovchi SCADA tizimini ishga tushirish boʻyicha loyiha amalga oshirishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ushbu mavzudagi muzokaralar bugun Janubiy Koreyada boʻlib oʻtdi. Ularda, shuningdek, Oʻzbekistonda EMS — energetika tizimini boshqarish tizimini joyri etish masalasi ham muhokama qilindi. Buning uchun energetika obʼyektlarida taaluqli axborot texnologiyalarini zamonaviylashtirish talab etilar ekan.
Uchrashuv natijasida “Oʻzbekenergo” AJ raisi oʻrinbosari Shuhrat Sheraliyev va KERSO vitse-prezidenti Xuang Riol Lyu oʻzaro hamkorlik borasida shartnoma imzolashdi. Shartnoma, dastlab Oʻzbekiston energetika tizimini oʻrganish va dispetcherlik boshqaruv tizimida tajriba almashishni nazarda tutgan.
Oʻzbekiston energetika tizimini zamonaviylashtirishda SCADA va EMS tizimlarini joriy qilishni moliyalashtirishda Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot banklari bilan hamkorlik qilish ham koʻzda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda elektr energiyasidan foydalanish yil sayin oshib bormoqda. Masalan, 2000 yilda bir oila bir oyda oʻrtacha 114 kVt/soat energiya xarajat qilgan boʻlsa, 2016 yilga kelib ushbu koʻrsatgich 35%ga oshgan va 160 kVt/soatni tashkil qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2025 yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarish salkam 20 %ga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu oʻsish asosan qayta tiklanadigan energiya manbaalariga asoslangan boʻlib sohaning energiya xarajatlari yiliga 8-10 %ga kamaytirish ham kutilmoqda.