TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan AFCA va Ratibores qo‘shma turnirida o‘zbekistonlik kurashchi Nursultan Ruziboyev chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi va Checheniston rahbari Ramzan Qodirovdan Chevrolet avtomobili sovg‘aga oldi.
"Axmat" sport klubining o‘zbekistonlik kurashchilari Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan qo‘shma turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Nursultan Ruziboyev o‘zining Qozog‘istonlik raqibi Axmad Djanchurayev ustidan birinchi raunddayoq g‘alaba qozondi.
Klubning yana bir a’zosi O‘tkir Ruziyev hal qiluvchi jangda moskvalik raqibi Dastanbek Mamitov ustidan g‘alaba qozondi.
Musobaqadan so‘ng Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov, Ahmad-Hoji Qodirov nomli jamoat fondi hisobidan chempionga Chevrolet avtomobili sovg‘a qildi.
Eslatib o‘tzamiz, Checheniston birinchi prezidenti Axmat Qodirov nomi bilan atalgan “Axmat” sport jangi klubi Rossiya va MDHning bir necha shaharlarida o‘z filiallariga ega.