Prezident kelayotgan qish-bahor mavsumi uchun oziq-ovqat zahiralari tayyorlashni buyurdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishNoviy sort kartofelya.
Noviy sort kartofelya. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev ichki bozorni yetarli darajada oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, defetsit hamda narxlar o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslikni buyurdi.

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev  20 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda qishgi-bahorgi mavsumda ichki bozorni yetarli darajada mahsulotlar bilan ta’minlashni topshirdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Na odnom iz tashkentskix bazarov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining cheklangan narxlari belgilandi

Prezident har bir viloyat uchun kerakli miqdorda qishloq xo‘jalik mahsluotlari sotib olish bo‘yicha 2018-yilga davlat buyurtmasini bajarishni bosqichma-bosqich bajarish muddatlarini belgilab olishni buyurdi. Xususan, 490 ming tonnadan ziyod qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kelgusi qish-bahor mavsumi uchun g‘amlash tasdiqlandi.

Undan tashqari, ichki iste’mol bozorida meva-sabzavot mahsulotlari narxining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi tuzildi.

Prezident tomonidan Toshkent shahri, Buxoro, Namangan va Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha mahsulotlarini g‘amlash yetarli darajada tashkil etilmagani jiddiy tanqid qilindi. Shuningdek, Toshkent, Namangan, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini g‘amlash jarayonida tijorat banklari tomonidan sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani aniq raqam va dalillar asosida ko‘rsatib o‘tildi.

Prodaja kurinix yais v regionax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura oziq-ovqat narxini oshirganlar bilan shug‘ullanadi

Shuningdek, davlat rahbari qish-bahor mavsumida xalqimiz dasturxoni sarxil mevalar, sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘kin bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Qish-bahor mavsumida xalqimizning arzon mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun noyabr oyi oxiriga qadar qo‘shimcha ravishda yana 330 ming tonna mahsulot g‘amlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Bu masalada "O‘zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi rahbariyati zimmasiga katta mas’uliyat yuklandi. Joriy yil oktabr oyida uyushmada amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar, uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga taqdim etilgan imtiyoz va preferensiya bunga keng imkoniyat yaratadi.

O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxini bir meyorda ushlab turadigan jamg‘arma tuzildi

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xaridorgir turlarini takroriy ekish maydonlari sezilarli darajada kengaytirildi. Sentabr-oktabr oylarida takroriy ekindan yetishtirilgan qariyb 65 ming tonna mahsulot eksport qilindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 barobar ko‘pdir.

Yil boshidan buyon meva-sabzavot mahsulotlari 54 mamlakatga eksport qilindi. Bangladesh, Filippin, Suriya, Tayvan, Iordaniya, Makedoniya va boshqa mamlakatlarda yangi bozorlar o‘zlashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0