Almazbek Atambayev O‘zbekiston prezidentini orden bilan mukofotladi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalari o‘rtasida strategik sheriklik va an’anaviy do‘stlik va qo‘shnichilikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotga loyiq ko‘rilgan

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning farmoniga muvofiq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Danaker" ordeni bilan mukofotlandi.

Prezident Kirgizii Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurishni darhol boshlashni buyurdi

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalari o‘rtasida strategik sheriklik va an’anaviy do‘stlik va qo‘shnichilikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotga loyiq ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegaralaridagi nazorat o‘tkazuv punktlari ochildi, ikki mamlakat chegaradosh viloyatlari delegatsiyalari o‘zaro tashriflarni amalga oshirdi hamda savdo-iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0