Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishTerakt, gvozdiki
Terakt, gvozdiki - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Misr prezidenti va xalqiga, qurbon boʻlganlarning oila aʼzolariga chuqur taʼziya va hamdardlik bildirdi

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh As-Sisiga Sinay yarim orolida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida koʻplab tinch aholi, xavfsizlik xodimlari qurbon boʻlganligi va jarohatlangani munosabati bilan hamdardlik maktubi yoʻlladi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

“Oʻzbekiston ushbu qabih xurujni va uni sodir etganlarni qatʼiy qoralaydi”, — deyiladi maktubda.

Misr prezidenti va xalqiga, qurbon boʻlganlarning oila aʼzolariga chuqur taʼziya va hamdardlik bildirdi hamda jarohat olganlarni tez orada sogʻayib ketishlarini tiladi.

Eslatib oʻtamiz, 24 noyabr juma kuni jangarilar bir-al-Abd qishlogʻidagi ar-Rouda masjidiga ibodat vaqtida bostirib kirishgan. Terrorchilarning ayrimlari bomba portlatgan, boshqalari esa odamlarni oʻqqa tutishgan. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, terakt oqibatida 235 kishi halok boʻlgan, 130 kishi jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala