Aripovga yordamchi etib tayinlangan Zoyir Mirzayev yoxud hukumatdagi yangi tayinlovlar

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisanie dokumentov
Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident hukumatda qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekiston Hukumati rasmiy saytida shu haftada amalga oshirilgan yangi tayinlovlar haqida axborot berildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev hukumatni "yoshartirmoqchi": qator rahbarlar ishdan olinadi
Ilgariroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5257-son farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari, hukumat apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining samarali va natijali ishini ta’minlash, ularning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi qayta shakllantirilib, yangi komplekslar va vazirlik tashkil etilgani ma’lum qilingan edi.

Ushbu qarorga ko‘ra, Akmalov Qahramon Valiyevich O‘zbekiston Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi.

Otajonov Nodir Sobirovich O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, "O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi — Tashqi savdo faoliyati, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash va yengil sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi.

Uborka xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Paxta reviziyasi: Mirziyoyev "oq oltin"ni kimga ishonib topshirdi
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, "O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi — Tashqi savdo faoliyati, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Mirzayev Zoyir Toirovich O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Kuchkarov Jamshid Anvarovich O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari —Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev hukumat tarkibida yangi tayinlovlarni amalga oshirdi
Xodjayev Jamshid Abduxakimovich O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Xolmuradov Suxrob Rustamovich O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat hududlari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi.

Xodjayev Botir Asadillayevich Iqtisodiyot vaziri lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan Moliya vaziri lavozimidan ozod etildi.

Yangiliklar lentasi
0