Sport

Shahram Gʻiyosov Osiyoning 2017 yildagi eng yaxshi bokschisi deb topildi

© uzbekistan24Shaxram Giyasov, zolotaya medal
Shaxram Giyasov, zolotaya medal - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shuningdek, Oʻzbekiston boks federatsiyasi 2017 yilning eng yaxshi milliy boks federatsiyasi deb topildi

TOSHKENT, 13 dek – Sputnik. Osiyo boks konfederatsiyasining The Best of the Asians—2017 loyihasida 69 kilogramm vazn toifasida ishtirok etuvchi oʻzbekistonlik Shahram Gʻiyosov yilning eng yaxshi erkak bokschisi sifatida eʼtirof etildi. Bu haqda OBKning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilindi.

Yilning eng yaxshi bokschisini aniqlash jarayonida ovoz berganlarning 57,2 foizi Shahram Gʻiyosovni 1-oʻringa munosib deb topgan. Oʻzbekistonlik yana bir bokschi Hasanboy Doʻsmatov esa 32,8 foiz ovoz toʻplagan. Qozogʻistonlik Qayrat Yeraliyevga esa ishtirokchilarning 6,1 foizi ovoz bergan.

Shuningdek, Oʻzbekiston boks federatsiyasi 2017 yilning eng yaxshi milliy boks federatsiyasi deb topildi. Oʻzbekiston boks federatsiyasiga ishtirokchilarning 91 foizi ovoz bergan.

Yana bir qator nominatsiyalarda qatnashgan Oʻzbekiston vakillari esa 2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritishgan.

Yangiliklar lentasi
0