Dunyoda

Putinning katta matbuot-anjumani boshlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishYejegodnaya bolshaya press-konferentsiya prezidenta RF Vladimira Putina
Yejegodnaya bolshaya press-konferentsiya prezidenta RF Vladimira Putina - Sputnik Oʻzbekiston
Peskovning aytishicha, Putin bu galgi matbuot-anjumanida saylovlarga oʻz nomzodini qay tariqa ilgari suradi - partiyadanmi yoki oʻzi mustaqil - aynan haqida gapirishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 14 dekabr kuni anʼanaviy tarzda 13-bor katta matbuot-anjumanini oʻtkazadi. Putinning matbuot-anjumaniga rekord darajada mahalliy va chet el jurnalistlari roʻyxatdan oʻtgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Hozircha zalda Putin yoʻq. Shu bois barchaning diqqat eʼtibori — prezidentlikka nomzod Kseniya Sobchakda.Poka ne prishyol Vladimir Putin, v tsentre vnimaniya kandidat v prezidentы Ksyusha Sobchak!Chto za foto?Kak bыlo,tak i snyal! pic.twitter.com/FWSUzTrNZJ

Jurnalistlarning kayfiyati aʼlo, deb yozgan nashr jurnalistlaridan biri. Putin bilan boʻladigan muloqot ular uchun yilning eng muhim voqeasi ekan.

Moskva vaqti bilan 12.09da Putin bilan muloqot boshlandi.

Rossiya prezidentining matbuot-kotibi Dmitriy Peskov birinchi boʻlib savol berish imkoniyatini "Govorit Moskva" radiostantsiyasiga berdi.

Radiostantsiya muxbiri Putinga "Siz nega saylovlarda qatnashayapsiz?", degan savol bilan murojaat qildi.

"Men Rossiyani qanday koʻrishni xohlashim haqida koʻp marotaba gapirganman", — deb taʼkidladi Putin. Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya zamonaviy boʻlishi, va uningsiyosiy tizimi albatta egiluvchan boʻlmogʻi kerak.

Putin saylovoldi dasturi tayyorligini qoʻshimcha qildi va matbuot-anjumani vaqtida uning taqdimotini oʻtkazish ayni muddao emasligini eslatdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala