Jamiyat

Paxtani foyda bersa ham, foyda bermasa ham ekaverish vaqti oʻtdi – Mirziyoyev

Prezident farmatsevtika sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishdi

TOSHKENT, 15 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi doirasida Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining Chimboy tumanidagi akademik litseyiga tashrif buyurdi.

Shu yerda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan toʻldirish borasida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar taqdim etildi, deyiladi Oʻzbekiston hukumati portalida.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi

Prezident mazkur soha istiqbolini yuqori baholab, bu borada mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish kerakligini qayd etdi.

"Paxtani foyda bersa ham, foyda bermasa ham ekaverish vaqti oʻtdi. Daromad bermadimi, boshqa ekin ekish kerak. Masalan, qizilmiya bu yer iqlimi va sharoitiga mos keladi. Shunday ekan, nima uchun uni koʻpaytirishni yoʻlga qoʻmasligimiz kerak", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Chimboy tumanidagi "Lanextrakt" qoʻshma korxonasida qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqariladi. Korxonada yiliga 30 ming tonna qizilmiya ildizi qayta ishlanib, 1,3 ming tonna ekstrakt tayyorlanadi. Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxonada 200 ish oʻrni yaratilgan.

Prezident Qoraqalpogʻiston Respublikasida farmatsevtika plantatsiyalarini tashkil etish va yetishtirish loyihasi bilan ham tanishdi. Davlat rahbarining 2017 yil 3 maydagi "Nukus-farm", "Zomin-farm", "Kosonsoy-farm", "Sirdaryo-farm", "Boysun-farm", "Boʻstonliq-farm" va "Parkent-farm" erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida"gi farmoni ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilib, mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlari va resurslar salohiyatidan samarali foydalanish orqali yangi ish oʻrinlari yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Hududda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yoʻnalishida 2018-2019 yillarda qiymati 27 million dollarga teng 17 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar doirasida 37 turdagi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqariladi va ularning maʼlum qismi eksport qilinadi.

Sborщiki xlopka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qoraqalpogʻiston paxta rejasini ortigʻi bilan bajardi

Nukus shahridagi "Nukus Med Tex" MCHJ tomonidan tibbiy buyumlar, "Berlin farm" MCHJ tomonidan onkologik dori vositalari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Toʻrtkoʻl tumanidagi "Toʻrtkoʻl shisha idishlari" MCHJda farmatsevtika shishi idishlari tayyorlanadi.

Prezidentga shu kabi farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha loyihalar taqdim qilindi.

Shuningdek, loyihalarda tsellyuloza ishlab chiqarish haqidagi maʼlumot ham oʻrin oldi. Ikki bosqichda amalga oshiriladigan mazkur loyiha qogʻoz ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotgacha boʻlgan jarayonni oʻz ichiga oladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻsh turgan va kam quvvat bilan ishlayotgan bino va maydonlar xatlovdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumot asosida yangi korxonalarni ishga tushirish koʻzda tutilayotgani qayd etildi. Shuningdek, loyihalarda kam taʼminlangan oilalarni ish bilan taʼminlash boʻyicha takliflar oʻrin olgan.

Prezident Chimboy tumani faollari, ziyolilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda bugun dunyoda roʻy berayotgan oʻzgarishlar, aholini qiynayotgan masalalar, taʼlim, tibbiyot tizimini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala