Bu yil maktab o‘quvchilariga 14 kunlik ta’til beriladi

© Alla GajevaPrivet, deti katayutsya na sankax, Chimgan
Privet, deti katayutsya na sankax, Chimgan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchinchi chorak – barcha o‘rta maktablarda 2018-yilning 11-yanvaridan boshlanadi.

TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Bu yil O‘zbekistondagi barcha umumiy ta’lim maktablarida qishki ta’til kunlari dam olish kunlari bilan birgalikda 14 kunni tashkil qiladi, deb xabar qilmoqda Xalq ta’limi vazirligi.

Ya’ni ta’til 28 dekabrdan boshlanib, 10 yanvarga qadar davom etadi. Uchinchi chorak – barcha o‘rta maktablarda 2018-yilning 11-yanvaridan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan umumiy o‘rta ta’lim uchun qishki ta’til 11kundan 14 kunga uzaytirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0