Samarqand viloyati hokimi senator etib saylandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel
Portfel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yashirin ovoz berish yo‘li bilan xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati, viloyat hokimi Jo‘rayev Turobjon Ikromovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. 18 dekabr kuni viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari Samarqand viloyat, tuman va shaharlar kengashlarining qo‘shma majlisi o‘tkazildi, deb xabar qildi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati

Xokimiyat Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Turobjon Jo‘rayev Samarqand viloyatiga hokim bo‘ldi
Unda xalq deputatlari mahalliy kengashlar deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qo‘shma majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ochib berdi. Notiq O‘zbekistonda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, saylov qonunchiligini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatiga alohida to‘xtaldi.

Viloyat Kengashi deputati B.Sharofov boshqargan majlisda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zoligiga bo‘sh bo‘lgan o‘ringa viloyatdan vakil saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Qo‘shma majlisda ishchi rayosati, oqsoqollar kengashi (raisi H.Normurodov), sanoq komissiyasi (raisi Z.Karimov) tarkibi saylandi.

Oqsoqollar kengashi Oliy Majlis Senati a’zoligiga nomzod tavsiya etdi. Deputatlar nomzod haqida o‘z munosabatlarini bildirish barobarida mahalliy kengashlarning islohotlar jarayonida faolligini yanada oshirish yuzasidan o‘z takliflarini aytdilar.

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati, viloyat hokimi Jo‘rayev Turobjon Ikromovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.

Yangiliklar lentasi
0