Moskvada sigaret chekib olishni bahona qilgan ikki o‘zbekistonlik suddan qochib ketdi

© Sputnik / Konstantin RodikovZaderjanniy na zasedanii suda
Zaderjanniy na zasedanii suda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Voqea o‘zbekistonliklarni deportatsiya qilish bo‘yicha ish ko‘rilayotgan Moskvadagi Kuzmin sudida sodir bo‘ldi

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Moskvadagi sud binosidan qochib ketgan o‘zbekistonliklar soqchi kuzatuvida bo‘lmagan, deb bayonot berdi Rossiya IIV poytaxt boshqarmasi boshlig‘i.

Xabar berilishicha, voqea Kuzmin sudida sodir bo‘lgan: O‘zbekistonning ikki fuqarosini deportatsiya qilish bo‘yicha ish ko‘rilayotgan paytda ular sigaret chekib olish uchun ruxsat so‘rashgan hamda tashqariga chiqib qochib ketishgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda hamda qochib ketgan sudlanuvchilar qidirilmoqda, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0