Quronboyev Enrike Iglesiasning konsertiga chipta olgan yoshlar ro‘yxatini e’lon qildi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishPeves Enrike Iglesias vistupayet na konserte
Peves Enrike Iglesias vistupayet na konserte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 28-dekabr kuni Toshkentdagi "Istiqlol" san’at saroyida Enrike Iglesiasning konserti bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. 26-dekabr kuni O‘zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev Facebookdagi shaxsiy sahifasiga taklifnomalarni qo‘lga kiritgan tashkilot a’zolarining suratini joylashtirib, taklinomalar Yoshlar ittifoqidan tarqatilayotganini ma’lum qildi.

Enrike Iglesias - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ilk bor mashhur xonanda Enrike Iglesias konserti bo‘lib o‘tadi

"Xabaringiz bor, 28-dekabr kuni yurtimizga jahonga mashhur estrada xonandasi Enrike Iglesias tashrif burib, o‘zining konsert dasturini namoyish etadi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ushbu konsert uchun o‘ziga ajratilgan bepul taklifnomalarni iqtidorli va eng faol yoshlarga tarqatmoqda. O‘ylaymizki, ushbu madaniy tadbir yoshlarimizga bayramona kayfiyat baxsh etadi", — deb yozgan Quronboyev.

Qahramon Quronboyev o‘z xabari ostida omadli chiptalar nasib qilgan yoshlarning ro‘yxatini ham yozgan: Begzod Zoidjonov, Jaxongir Bozorov, Aleksandr Felitsin (Yaxshilik qil loyihasi a’zolari), Xumoyun Xoshimiy, Dmitriy Raximov, Davron Uyg‘unov (QVZ rus Oliy Ligasi sovrindori), Jasur G‘ayratov (Turin politexnika universiteti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, yosh dasturchi), Axmadjon Shamsuddinov (Inxa universiteti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, yosh dasturchi), Nodirbek To‘rabekov (I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filliali boshlang‘ich tashkilot yetakchisi- QVZ russ Oliy Ligasi sovrindori), Sherzod Olimov (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi M.Ulug‘bek tumani Kengashi raisi, "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni sohibi).

Yangiliklar lentasi
0