Moskvada O‘zbekiston fuqarosi ayovsiz kaltaklandi, Elchixona yordamga shoshilmoqda

© Sputnik, Alexey TikhomirovPosolstvo Uzbekistana v Rossii
Posolstvo Uzbekistana v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nella Chevtayeva Moskva viloyatining Domodedova shahrida kaltaklash izlari bilan og‘ir ahvolda volontorlar tomonidan topilgan

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Moskva viloyatining Domodedova shahrida kaltaklash izlari bilan og‘ir ahvolda volontorlar tomonidan topilgan O‘zbekiston fuqarosi Nella Chevtayevaga yordam ko‘rsatiladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

Dokumenti migranta ojidayushego polucheniya razresheniya na rabotu - Sputnik O‘zbekiston
Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolari huquqlari himoyalanadi
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston fuqarosi Nella Stepanovna Chevtayeva Belarusda o‘z o‘g‘li bilan doimiy yashash uchun 16-dekabr kuni "Domodedovo" aeroportiga uchib kelgan. Rossiya OAVlarida tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Chevtayeva o‘g‘linikiga yetib bormagan.

Keksa kampir ko‘karish (kaltaklash) izlari bilan og‘ir ahvolda 20-dekabr kuni Domodedovo shahrida volontorlar tomonidan topilgan.

25-dekabr kuni O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limiga jabrlanuvchining nabirasi murojaat qilgan va unga shaxsni tasdiqlash tartibi tushuntirilgan hamda to‘ldirish uchun anketalar berilgan. Lekin yigit buvisi haqidagi ma’lumotlarga ega emasligini bildirib, hujjatlarni olib ketgan va Konsullik bo‘limiga boshqa murojaat etmagan.

Hozirgi vaqtda Elchixonaning Konsullik bo‘limi xodimi jabrlanuvchiga yordam berish va shaxsni tasdiqlovchi hujjat masalasini hal qilish uchun N.Chevtayeva joylashgan joyga yetib bordi, deyiladi TIV matbuot-xizmati xabarida.

Yangiliklar lentasi
0