TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston terrorchilik uyushmalari nishoni ostida qolishi mumkin, deb bayonot qildi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko MDH davlatlari yetakchilarining norasmiy uchrashuvida.
"O‘ylaymanki, ushbu masala ODKBda kun tartibidan joy oladi", — dedi u.
Lukashenko, shuningdek, Afg‘onistonda terrorchilarning erkin harakatlanishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini qayd etdi.
"Siz yaqinda ushbu yig‘ilishda ishtirok etayotgan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ogohlantirayotgan xavf haqida gapirdingiz, Yaqin Sharqdan siqib chiqarilayotgan terrorchilar Afg‘onistonga qochib o‘tadi, dedingiz. Siz yaqinda o‘sha yerda kuchlar jamlanayotganini aytdingiz, ularning maqsadi esa barchaga ayon. Shu bois, urush yuz berishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, nega deganda, ahvol Suriyadagidan ham og‘irroq bo‘lishi mumkin", — deb ta’kidladi u Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilar ekan.