Jamiyat

Ishlayotgan shifokor-pensionerlar pensiyani toʻliq miqdorda oladi

CC0 / pixabay / fonendoskop
fonendoskop - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston prezidentining "Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining "Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq, 2018 yil 1 yanvardan boshlab, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tibbiyot tashkilotlarida ishlovchi shifokor-pensionerlarga pensiya toʻliq miqdorda toʻlanishi belgilandi.

Qarorda davlat tibbiyot tashkilotlarining yordamchi boʻlinmalarini (oziq-ovqat bloklari, kir yuvish xonalari, tibbiy chiqindilarni yoʻq qilish va h.k.) xususiy sektor vakillariga berish orqali davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish nazarda tutilgan.

Meditsinskiye rabotniki - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
OTB Oʻzbekiston tibbiyot sohasini yaxshilash uchun 45 million $ ajratadi

Bundan tashqari, xususiy tibbiyot tashkilotlariga shartnoma asosida davlat tibbiyot tashkilotlarining baʼzi bir tibbiy xizmat turlari (laboratoriya, gemodializ, sterilizatsiya va boshqalar) ham oʻtkaziladi. Ularning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Toshkent shahrida Koreya Respublikasi yetakchi oliy tibbiy taʼlim muassasalaridan birining faoliyati tashkil etiladi.

Shuningdek, Koreya Respublikasining tibbiyot markazlari va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda "AKFA MEDLINE" MCHJ xususiy klinikasi negizida xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish va mahalliy tibbiyot kadrlari malakasini oshirish Markazi tashkil etiladi.

Hujjatda xususan, "Asaka" aktsiyadorlik-tijorat banki qoshida tashkil etilgan nodavlat tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga har bir hudud uchun hajmi 1 million AQSH dollari miqdorida boʻlgan navbatdagi 14 million AQSH dollari hajmidagi transh kredit mablagʻlarini ajratish nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklariga xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilgan.

Yangiliklar lentasi
0