Iqtisod

Markaziy bank: 2018 yilda inflyatsiya darajasi 11,5-13,5 foizni tashkil etadi

© uz.24Tsentralnыy bank Uzbekistana
Tsentralnыy bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy bank 2018 yilga moʻljallangan monetar siyosatining asosiy yoʻnalishlariga doir hisobotini eʼlon qildi

TOSHKENT, 3 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki 2018 yilga moʻljallangan monetar siyosatining asosiy yoʻnalishlariga doir hisobotini eʼlon qildi. Unga koʻra, 2018 yilda inflyatsiya yuqori darajada boʻladi va yillik 11,5-13,5 foizni tashkil etadi.

Rabota investitsionnoy kompanii  v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Moliya vaziri: kelasi yil inflyatsiya darajasi yuqori boʻladi

"2018 yildagi iqtisodiy oʻsishning nazarda tutilgan surʼatlari doirasida inflyatsiya prognozi va pulga boʻlgan talabni hisobga olgan holda, kelasi yilda pul massasining 12-15 foizga koʻpayishi kutilmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyotni kreditlash qoldigʻi hajmi ham mos ravishda oʻsishi kutilmoqda", deyiladi bank hisobotida.

Markaziy bank shuningdek, valyuta siyosatini amalga oshirishda valyuta kursini valyuta birjasida Markaziy bankning minimal ishtiroki orqali bozor mexanizmlari asosida shakllantirishga asosiy eʼtibor qaratilishini maʼlum qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala