Turizm

Oʻzbekiston turistlar uchun tavsiya etiluvchi eng yaxshi mamlakatlar roʻyxatidan joy oldi

Markaziy Osiyodan Oʻzbekistondan tashqari Qirgʻiziston va Tojikiston ham roʻyxatga kiritilgan

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Britaniyaning British Backpacker Society turistik jamiyati 2018 yilgi turizm uchun eng yaxshi mamlakatlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Roʻyxatga 20ta mamlakat kiritilgan boʻlib, ular orasida Oʻzbekiston 19-oʻrindan joy oldi.

Roʻyxatning dastlabki uchligida Pokiston, Rossiya va Hindiston joylashgan.

Markaziy Osiyodan Oʻzbekistondan tashqari Qirgʻiziston (5-oʻrin) va Tojikiston (7-oʻrin) ham roʻyxatga kiritilgan.

British Backpacker Society jamiyati turistlar uchun unchalik tanish boʻlmagan mamlakatlarni oʻrganuvchi hamda mustaqil turistlarga ushbu mamlakatlarga sayohat qilishni tavsiya etuvchi jamiyat hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala