Dunyoda

Tojik imomi Eronni 150 ming tojikistonlikning oʻlimida aybladi

© Sputnik / Aleksandr Paniotov / Fotobankka oʻtishKupol mecheti
Kupol mecheti - Sputnik Oʻzbekiston
Imomning aybloviga koʻra, oʻtgan asrning 90-yillarida Tojikistondagi islom fundamentalizmi tarafdorlarini aynan Tehron qoʻllab-quvvatlagan

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Hakimiy masjidi imom xatibi Abdusattor Yusupov Tojikistonning 150 ming fuqarosi oʻlimida aynan Eron aybdor, deb taʼkidladi. Uning bunday bayonoti Tojikiston din ishlari boʻyicha qoʻmitasi saytiga joylashtirildi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

Imomning aybloviga koʻra, oʻtgan asrning 90-yillarida Tojikistondagi islom fundamentalizmi tarafdorlarini aynan Tehron (moliyaviy va targʻibot ishlari orqali) qoʻllab-quvvatlagan. Shu tarzda u 1992-1997 yillarda fuqarolar urushi kelib chiqishiga sababchi boʻlgan.

Abdusattor Yusupovning bildirishicha, Eron hozirgacha mamlakatda faoliyati taqiqlangan Tojikiston islom uygʻonish partiyasini qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Imom xalqni “millat yetakchisi – prezident Emomali rahmon atrofida birlashishga” chaqirdi.

Xabarda aytilishicha, imom tarafidan fuqarolar urushida halok boʻlganlar soni bir necha baravarga oshirib aytilgan. Nizolar davomida 70 mingga yaqin kishi halok boʻlgan va bedarak yoʻqolgan deb hisoblanadi. Yana 60000dan ortiq kishi Afgʻonistonga qochib oʻtgan va 200 mingga yaqin kishi MDH mamlakatlariga qochoq sifatida koʻchib oʻtgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala