Jamiyat

Koreyaning eng yaxshi jarrohi sogʻliqni saqlash vaziriga maslahatchi etib tayinlandi

© Ministerstvo zdravooxraneniya UzbekistanaVitse-predsedatel Assotsiatsii bolnits Korei, professor Natsionalnogo universiteta Chonnam Yun Tek Rim
Vitse-predsedatel Assotsiatsii bolnits Korei, professor Natsionalnogo universiteta Chonnam Yun Tek Rim - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Faoliyati davomida 8 mingdan ortiq murakkab amaliyotlarni muvaffaqiyatli oʻtkazgan Yun Tek Rim Janubiy Koreyada bir necha marotaba eng yaxshi jarroh sifatida eʼtirof etilgan

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Koreya Respublikasi Milliy shifoxonalari assotsiatsiyasi raisi, Chonnam milliy universiteti professori Yun Tek Rim Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Shavkat Mirziyoyevning oʻtgan yil noyabrda Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi chogʻida sogʻliqni saqlash tizimi boʻyicha imzolangan shartnomalar doirasida Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining maslahatchisi lavozimi joriy etildi.

Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xitoylik iqtisodchi Oʻzbekiston hukumatida maslahatchi boʻlishi mumkin

"Yaponiyaning Gurume va AQShning Jon Xopkins tibbiyot maktablarida malaka oshirgan mashhur olim Koreyadan tashqari, oʻz faoliyatini xalqaro miqyosda, xususan, AQShdagi ortoped-jarrohlar akademiyasi, Jahon ortoped-jarrohlari va travmatologlari uyushmasi kabi nufuzli tashkilotlarda ham akademik tadqiqotlar olib boradi", — deb maʼlum qildi Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Faoliyati davomida 8 mingdan ortiq murakkab amaliyotlarni muvaffaqiyatli oʻtkazgan Yun Tek Rim Janubiy Koreyada bir necha marotaba eng yaxshi jarroh sifatida eʼtirof etilgan. Professor Yun Tek Rimdan taʼlim olish, tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun dunyoning deyarli barcha davlatlaridan shifokorlar va bemorlar Janubiy Koreyaga tez-tez tashrif buyurib turadi.

"Sogʻliqni saqlash vazirining maslahatchisi professor Yun Tek Rim xalqaro miqyosda orttirgan oʻz tajribasi va ilmiy salohiyatini mamlakatlarimiz tibbiyot tizimi uchun safarbar qilayotganidan va ushbu mehnatlari katta eʼtirof qozonayotganidan mamnun ekanligini bildirdi", deya qayd etdi Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Yangiliklar lentasi
0