TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy avikompaniyasi Toshkent — Bishkek — Toshkent yoʻnalishida differentsiyalashtirilgan tariflarni joriy etdi va aviachiptalar narxini tushirdi.
"Endilikda aviachiptaning minimal narxi bir tomonga 91 yevro va borib-qaytishga 171 yevroni tashkil etadi. Toʻlov Markaziy bank belgilagan kundagi kurs boʻyicha amalga oshiriladi", — deyiladi aviakompaniya xabarida.
Toshkent — Bishkek — Toshkent reysi seshanba va payshanba kunlari A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.