Madaniyat

Oʻzbekistonda yagona kinoprokat tizimi yoʻlga qoʻyilishi mumkin

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishZriteli sidyat v kinoteatre
Zriteli sidyat v kinoteatre - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekkino agentligi matbuot xizmati joylarda mavjud kinoteatrlarni qayta rekonstruktsiya qilish, zamon talablari asosida yangilarini qurish boʻyicha sayi-harakatlar boshlanganini maʼlum qildi

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda yagona kinoprokat tizimi yoʻlga qoʻyilishi mumkin, bu haqda "Oʻzbekkino" agentligining kengaytirilgan yigʻilishida aytildi.

2018 yil 12 yanvar kuni "Oʻzbekkino" Milliy agentligi tomonidan kengaytirilgan yigʻilish — brifing oʻtkazildi. Yigʻilish 2017 yilning 29 dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida kinematografiya sohasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar boʻyicha oʻtkazilgan majlisda muhokama etilgan masalalarga bagʻishlandi.

Babur Zaxireddin Muxammed na miniatyure XVI veka - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Hindistonlik kinoijodkorlar Bobur haqidagi filmni Oʻzbekistonda tasvirga olmoqchi
Brifing ishtirokchilari davlat rahbarining sohada malakali kadrlarning yetishmasligi va bu muammoni ijobiy hal etish maqsadida, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida ixtisoslashgan fakultetlarni joriy etish, xorijning ilgʻor taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mamlakatda ularning filiallarini tashkil etish yuzasidan bildirgan fikr va takliflarini olqishladilar.

Maʼlumki, Mirziyoyev tomonidan hududlarda, jumladan har bir shahar va tumanlarda kinoteatrlar, yozgi kinoteatrlar qurish vazifasi belgilangan. Brifingda shu masala yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga ham atroflicha toʻxtalib oʻtildi. Bunda joylarda mavjud kinoteatrlarni qayta rekonstruktsiya qilish, zamon talablari asosida yangilarini qurish boʻyicha sayi-harakatlar boshlangani maʼlum qilindi.

Unda, shuningdek, mamlakatda yagona kinoprokat tizimini joriy etish, eng olis va chekka hududlarda filmlar namoyishini tashkil qilish, tarixiy hamda bugungi zamon qahramonlari haqida filmlar yaratish, yosh kinoijodkorlarning grant asosida xorijda taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash, kinofondda saqlanayotgan filmlarni restavratsiya qilish, dublyaj qilish, oʻzbek filmlarining xalqaro nufuzli kinofestivallarda namoyish etishini taʼminlash, xorijiy kinostudiyalar bilan hamkorlikda filmlar suratga olish kabi dolzarb vazifalar prezident tomonidan alohida taʼkidlab oʻtilgani qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala