Kaufman uylari Toshkent markazida qayta tiklanmoqda

© SputnikStroitelstvo Kaufmanskogo priyuta
Stroitelstvo Kaufmanskogo priyuta - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent markazida Kaufman yetimxonasi binosi qayta tiklanmoqda. Qurilish ketayotgan joy temir devor bilan oʻralgan. Spunik Oʻzbekiston muxbiri xabariga koʻra, bino eski holatida qayta tiklanmoqda. Oʻsha mashhur Nikolay davri gʻishtlari ham keltirilgan va ulardan sayqal berishda foydalanilmoqda

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. 1916 yili qurilgan va oʻtgan yil buzilgan sobiq Kaufman yetimxonasi binosi Toshkent shahri markazida, Amir Temur xiyoboni yaqinida qayta tiklanmoqda. Bu haqda qurilish joyida boʻlgan Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar berdi.

© SputnikStroitelstvo Kaufmanskogo priyuta
Stroitelstvo Kaufmanskogo priyuta - Sputnik Oʻzbekiston
Stroitelstvo Kaufmanskogo priyuta

Shahar hokimligi tomonidan vaʼda berilganidek, yetimxona qayta "restavratsiya" qilinmoqda. Kaufman yetimxonasi dastlabki holatida qayta tiklanadi, dedi ushbu jarayonda ishtirok etayotgan quruvchilardan biri. 

© SputnikStroitelstvo Kaufmanskogo priyuta
Stroitelstvo Kaufmanskogo priyuta - Sputnik Oʻzbekiston
Stroitelstvo Kaufmanskogo priyuta

Qurilish ketayotgan joy temir devor bilan oʻralgan. Aholi orasida eng koʻp tilga olingan, mashhur Nikolay davri gʻishtlari ham qurilish maydoniga keltirilgan va ulardan sayqal berishda foydalanilmoqda, deb xabar qildi muxbir.

© SputnikOttochennыe Nikolayevskiye kirpichi so starogo zdaniya Kaufmanskogo priyuta
Ottochennыe Nikolayevskiye kirpichi so starogo zdaniya Kaufmanskogo priyuta - Sputnik Oʻzbekiston
Ottochennыe Nikolayevskiye kirpichi so starogo zdaniya Kaufmanskogo priyuta

Quruvchilardan birining soʻzlariga koʻra, Kaufman yetimxonasi muzey koʻrinishida qayta tiklanadi.

Obʼyekt Navroʻz bayrami arafasida topshirilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala