Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin nima haqida gaplashishdi

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin proveli telefonniy razgovor
Shavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin proveli telefonniy razgovor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston va Rossiya orasida mahsulot ayrboshlash 20%ga oshganini qayd etishdi.

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Kecha 26-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin orasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston va Rossiya orasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib, jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etishdi.

Suhbatda 2017-yilning aprelida bo‘lib o‘tgan davlat tashrifi va rahbarlarining muntazam uchrashuvi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilgani, aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘targani  - alohida ta’kidlandi. 

Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli savdo-iqtisodiyot, investitsiya, moliya va transport-kommunikatsiya sohalarida salmoqli natijalarga erishildi. 

Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida energetika tarmog‘i, neft-gaz majmui, metallurgiya, mashinasozlik, to‘qimachilik va oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish materiallari sanoati va boshqa yo‘nalishlarda yirik investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. 

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga oshdi va 4,5 milliard dollarga yetdi.

Flagi RF i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi 23 %ga ko‘paydi

Shuningdek, davlat rahbarlari Hududlararo hamkorlikka ko‘maklashish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim doirasida mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasida samarali sheriklik yo‘lga qo‘yilganini alohida qayd etdishdi. 

Turistik va madaniy almashinuvlar kengaymoqda, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida muhim qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Muloqot so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida, mintaqada tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash maqsadida o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini qat’iy ta’kidladilar. 

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0