Tergov departamentining internet sahifasi ishga tushdi

© SputnikSayt Sledstvennogo departamenta
Sayt Sledstvennogo departamenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi internet sahifa Tergov departamenti faoliyati haqida aholini xabardor qilish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va virtual qabulxona vazifalarini bajaradi.

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. IIV huzuridagi Tergov departamentining o‘z sahifasi paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

Yangi veb-sayt tergovdepartamenti.uz manzilida joylashgan.

IIV xodimlari ish vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
IIV huzuridagi Tergov Departamenti tergovchi va surishtiruvchi lavozimlariga odam izlayapti

Unda fuqarolar joylarda jinoyatchilikka qarshi kurash, uni barvaqt aniqlash va oldini olish borasida departament tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot olishlari mumkin.

Undan tashqar sahifa jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalar yuzasidan ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha o‘z vaqtida xabardor qilib borish bilan shug‘ullanadi.

Shu bilan birga, veb-sayt fuqarolar tomonidan ekspert-kriminalistika, Axborot markazi va tergov faoliyati bilan bog‘liq ayrim masalalar bo‘yicha ko‘p beriladigan savollar yuzasidan huquqiy javoblar berish, Tergov departamenti va uning quyi tizimlari rahbarlarining qabul kunlari, Tergov departamenti rahbariyatining virtual qabulxonasi kabi funksiyalarni qamrab oladi.

Ayni damda veb-sayt sinov tartibida ishlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0