Faqat halol - Tojikiston go‘sht mahsulotlari olib kirishni chekladi

Obuna bo‘lish
Bundan buyon Tojikistonga faqat akkreditatsiya qilingan korxonalar “halol” belgisiga ega bo‘lgan go‘sht mahsulotlari olib kirish huquqiga ega bo‘ladi.

TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Tojikiston mamlakatga “halol” sertifikatiga ega bo‘lmagan go‘sht mahsulotlari olib kirishni rasman ta’qiqladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Ushbu cheklovlar haqida Tojikiston hukumati barcha xorijiy hamkorlariga ogohlantiruv xati yubordi. Bundan buyon faqat Tojikiston hukumati tomonidan berilgan akkreditatsiyasi bo‘lgan xorijiy korxonalargina o‘zining go‘sht mahsulotlarini Tojikistonga olib kirishi mumkin.  

“Akkreditatsiya olish uchun bizning mutaxassislar xorijiy korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish sharoitlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari kerak. Undan tashqari mahsulot “halol” sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. Faqat ana shu talablarga javob beradigan ishlab chiqaruvchilargina o‘z mahsulotini Tojikistonga olib kirish huquqiga ega bo‘ladi”, — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘amiz, yaqinda CrescentRating kompaniyasi tomonidan tuzilgan Global Muslim Travel Index, (Halol turizm reytingi) bo‘yicha Tojikiston dunyoda 26chi o‘rinni egallagan edi.

Halol (ruxsat berilgan) go‘sht – musulmon dinida iste’mol qilishga ruxsat berilgan go‘sht turi. Qur’onda aytilishiga ko‘ra, o‘lik hayvonlar, bo‘g‘ib o‘ldirilgan hayvonlar va cho‘chqa go‘shti musulmonlar tomonidan iste’mol qilinmasligi kerak.

 

Yangiliklar lentasi
0