Lola Karimova-Tillyayeva: men juda-juda ham sizni sog‘indim

Obuna bo‘lish
"Ba’zi sabablarga ko‘ra biz hozir Samarqandda emasmiz. Ammo bilamizki, siz, o‘zingizning yangi go‘zal maskaningiz, sevimli ona shahringiz bag‘rida, o‘z xalqingiz - o‘z farzandlaringiz, sizni sevgan va sevguchi insonlarni kutayapsiz", - degan Lola Karimova-Tillyayeva

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. O‘zbekiston birinchi prezidenti kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva Instagramdagi sahifasida otasi bilan tushgan suratni chop etib, u haqda o‘z xotiralarini yozgan.

Lola Karimova-Tillyayeva otasi uning tushlariga ko‘p kirishi, shuningdek bir yil oldin otasi kabinetida bo‘lganda, uning ish stoldagi qo‘lozmalarni olib o‘z javoniga solib qo‘yganligini yozgan.

"Sizni yana tushimda ko‘rdim. Tushlarimga juda ko‘p kirasiz, va ba’zida siz hali ham hayotsiz, mana hozirgina siz bilan xayrlashdik, men esa sizni har doimgidek yelkangizdan quchib yuzingizdan o‘pib qo‘ygandek, taftingizni his qilgandek tuyg‘usi bilan uyg‘onib ketaman. Men juda — juda ham sizni sog‘indim…. Bir yil oldin sizning kabinetingizda bo‘lganimda, men ish stolingiz ustidagi qo‘lozmalaringizni olib, o‘z stol javonimga solib qo‘ygandim", — deb yozgan Lola Karimova-Tillyayeva.

This is the generation before and after me. I believe that the internet connects people, worlds and times. My letter tonight is without an address. Ya opat videla vas vo sne. Vi tak chasto mne snites, i inogda ya prosipayus s oshusheniyem togo, chto vi jivi, i mi tolko chto rasstalis, a ya kak obichno obnyav vas za plechi potselovala vas v sheku i pochuvstvovala vashe teplo. Ya ochen skuchayu, ochen… Kogda god nazad ya bila v vashem kabinete, ya zabrala napisannie vami ot ruki zapiski i soxranila ix u sebya v yashike stola. Nedavno moya doch Safiya, kotoroy ispolnilos 6 i ona ochen poxoja na vas, otkrila etot yashik… i mi s ney ne smogli sderjat slez. Ona ne xotela podnimat golovi, potomu chto slezi vse katilis i katilis po yee shekam, potom pomedliv nemnogo, staras vzat vverx nad molchalivim, no obilnim ruchyom, ona podnyala golovu i skazala: «Ya xochu bit na yego mogile. Bobo jdot nas» Po slojivshimsya prichinam segodnya mi ne v Samarkande, no mi znayem, chto vi jdote, na svoyom novom krasivom meste, v svoyom rodnom lyubimom gorode, svoy narod — svoix detey, vsex kto iskrennee lyubil i prodoljayet lyubit vas….ya opat videla vas vo sne, ya dumala, chto vi jivi… ya ne mogu kosnutsya vashey sheki na yavu, no ya chuvstvuyu kak mi kasayemsya drug druga svoimi dushami, i vi vsegda nezrimo prisutstvuyete radom. Ya eto chuvstvuyu- ya eto znayu… (O‘zbek tilida quyidagi sharxda o‘qing)➡⬇

Publikatsiya ot Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva) Yanv 29, 2018 at 8:20 PST

"Kuni kecha qizalog‘im Safiya (u olti yoshga kirdi va juda ham sizga o‘xshaydi), o‘sha javonni ochgan edi, ko‘z yoshlarimizni tiyib turolmadik….qizcham boshini ko‘targisi kelmas, chunki ko‘zlaridan duv-duv yoshlar oqar va yuziga tushar edi….keyin esa ozgina vaqt o‘tib, u ko‘z yoshi aralash sukunatni yengishga harakat qilib, menga boqdida: "Men bobomning qabrlarini ziyorat qilmoqchiman. Ular bizni kutayaptilar" dedi. Ba’zi sabablarga ko‘ra biz hozir Samarqandda emasmiz. Ammo bilamizki, siz, o‘zingizning yangi go‘zal maskaningiz, sevimli ona shahringiz bag‘rida, o‘z xalqingiz — o‘z farzandlaringiz, sizni sevgan va sevguchi insonlarni kutayapsiz", — deb yozgan Lola Karimova-Tillyayeva.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30-yanvar kuni O‘zbekiston birinchi prezidenti, davlat va jamoat arbobi Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Karimov 2016-yilning 2-sentabrida 78 yoshida vafot etdi. U o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahar — Samarqandda dafn etildi.

Yangiliklar lentasi
0