O‘zbek o‘quvchisi o‘z sinfdoshi uchun tushlik pullaridan voz kechdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovShkolniki idut vo vremya snegopada v shkolu
Shkolniki idut vo vremya snegopada v shkolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
30 yanvar kuni Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasida noma’lum shaxs oq rangli "Spark" avtomobilida sakkiz yoshli bolani urib ketib voqea joyidan yashiringan

TOShKENT, 1 fev – Sputnik. 30-yanvar kuni soat 18:38da Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasida noma’lum shaxs oq rangli "Spark" avtomobilida sakkiz yoshli bolani urib ketib voqea joyidan yashiringan. Hozirda u qidirilmoqda.

Ushbu hodisa oqibatida jabrlangan bolaning ismi Vlad bo‘lib, shahardagi 302-maktabning 2-sinfida o‘qiydi. U bosh suyagi jarohatlanishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Bukinisticheskie knigi - Sputnik O‘zbekiston
Saxovat sabog‘i: toshkentlik o‘smir bemor bolalar uchun xayriya tadbiri uyushtirdi

Ayni paytda uning sinfdoshlari va ularning ota-onalari Vladlar oilasini ruhan va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Muhammad Ali ismli o‘quvchining onasi Sputnik muxbiri bilan suhbatda aytgan so‘zlar esa o‘zbek xalqining naqadar bag‘rikeng, mehr-oqibatli ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

Ona o‘g‘liga "Ro‘zg‘orda fakat tushliklaring uchun ajratilgan pullar ortiqcha. O‘sha pullarni o‘rtog‘ingga yordam uchun bersak, uydan tushlik olib ketib yeb turasanmi" deya so‘raganida, sakkiz yoshli Muhammad Ali hech o‘ylanib o‘tirmay "Ha, oyijon, o‘rtog‘im uchun albatta shunday qilaman", deya javob qaytargan.

Sakkiz yoshli bolakayning bu javobini eshitgach, rossiyalik siyosatchi Aleksey Novotochinovning o‘zbek xalqi O‘zbekistonga urush yillarida keltirilgan 650 ming nafar bolaning birortasini ham bolalar uylariga topshirmasdan o‘z oilalariga, o‘z bag‘irlariga qabul qilganliklari, bunday saxovatga faqat buyuk xalqgina qodir ekanligi haqida aytgan so‘zlari yodimizga tushdi.

Oramizdan mehr-oqibat, saxovat aslo yo‘qolmasin.

Yangiliklar lentasi
0