Lola Karimova elchi lavozimini tark etishga qaror qildi

© REUTERS / Muhammadsharif MamatkulovLola Karimova
Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YuNESKOdagi elchilik vazifasini tark etishga qaror qilgan Lola Karimova qaysi sohada faoliyatimni davom ettirishini aytdi

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Lola Karimova elchi lavozimini tark etayotganini xabar qildi. Bu haqda u o‘zining Feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi.

Lola Karimova-Tillayayeva - Sputnik O‘zbekiston
"Yo‘qotilgan jannatni izlab...": Lola Karimovadan yangi loyiha
"Bugun mening O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi vazifasidagi so‘ngi ish kunim. O‘n yil davomida diplomat sifatidagi faoliyatim albatta hayotimning muhim qismiga aylangan edi. Men ushbu bebaho tajriba, faoliyatim mobaynida tanishgan va birga ishlagan insonlar hamda eng muhimi — o‘z ona vatanimga xizmat qilish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan behad mamnunman. Ortga nazar solar ekanman, vakolatxonamiz amalga oshirgan yorqin loyihalarni yod olaman".

Lola Karimovaning so‘zlariga ko‘ra, u YuNESKOdagi elchilik vazifasini tark etishga qaror qilgan bo‘lsa-da, madaniyat, ta’lim, ilm-fan va atrof muhitni asrash sohasidagi loyihalarga oid faoliyatimni davom ettirish niyatida.

"Men, shuningdek, "Sen yolg‘iz emassan" xayriya jamg‘armasi ishini davom ettirish, va og‘ir yurak xastaliklari bilan og‘rigan bolalarga fransuz shifokorlari bilan hamkorlikda jarrohlik muolajalarini o‘tkazish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish maqsadidaman. Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolajonlarga va yordamga muhtoj boshqa o‘zbekistonlik bolalarga ko‘mak dasturlarini davom ettiramiz.

Mening rasmiy veb sahifamda O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan, 2008-2017 yillarda amalga oshirilgan ishlar xususidagi hisobot bilan tanishishingiz mumkin", — deb yozgan Lola karimova.

Yangiliklar lentasi
0