Jamiyat

Prezident ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhit muhofazasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi

© Press-slujba prezidenta RTPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s glavoy Tatarstana Rustamom Minnixanovыm
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s glavoy Tatarstana Rustamom Minnixanovыm - Sputnik Oʻzbekiston
Maishiy chiqindilarni qayta ishlash haqida soʻz borar ekan, prezident xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va keng joriy etish zarurligini taʼkidladi

TOSHKENT, 2 fev – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 fevral kuni ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tahlil etish, eng dolzarb vazifalarni belgilab olishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, respublikada 53 foiz aholiga sanitar-tozalash xizmati koʻrsatiladi, xolos. Shundan atigi 15 foizi xususiy sektor hissasiga toʻgʻri keladi. Deyarli barcha qishloqlarda maishiy chiqindilarni yigʻish, saqlash va tashish umuman yoʻlga qoʻyilmagan.

Musorovoz - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonning 14 hududida chiqindilarni qayta ishlash klasteri paydo boʻladi

Yigʻilishda shu kabi kamchilik va muammolar tanqidiy tahlil qilinib, tizim oldidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga tegishli vazirliklar bilan birgalikda shaharlarda chiqindi yigʻish shoxobchalarini tartibga solish, qishloq aholi punktlarida sanitar-tozalash xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha 5 yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Ushbu dasturda koʻp qavatli uylarda yashovchi aholi sonidan kelib chiqib, chiqindi yigʻish maydonchalarini namunaviy loyihalar asosida optimal tashkil etish, chiqindi tashish maxsus texnikalari xaridini koʻpaytirib, qishloq aholisini sanitar-tozalash xizmatlari bilan bosqichma-bosqich qamrab olish, davlat-xususiy sheriklik printsipi asosida "Toza hudud" unitar korxonalari buyurtmasiga koʻra sohada tadbirkorlar ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

Maishiy chiqindilarni qayta ishlash haqida soʻz borar ekan, prezident xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va keng joriy etish zarurligini taʼkidladi.

SSSR videomagnitofoni Elektronika VM12 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda elektrotexnika chiqindilari qayta ishlanadi

"Germaniya, Belgiya, Yaponiya, Gollandiya, Shvetsiya kabi mamlakatlarda 60-65 foiz maishiy chiqindi qayta ishlanadi, 20-25 foizidan energiya olinadi, qolgan qismi yoqiladi. Yaʼni chiqindini poligonlarda koʻmishga ham ehtiyoj yoʻq. Buning natijasida yer resurslari tejaladi, iqtisodiy samaraga erishiladi va atrof-muhitga salbiy taʼsir kamayadi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan kelib chiqib, joriy yilda Oʻzbekistonning 9 ta shahrida chiqindini yigʻish va qayta ishlash klasterlarini ishga tushirish boʻyicha topshiriq berildi.

Shuningdek, Fargʻona vodiysi, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida amalga oshiriladigan chiqindini qayta ishlash loyihalari boʻyicha investorlar bilan bitimlar imzolash, loyiha hujjatlarini tayyorlash va moliyalashtirish yuzasidan "yoʻl xaritasi"ni ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish ishlarini tizimli tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Plastik, polietilen va boshqa qadoqlash materiallarini toʻplash, utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashga topshirishda ishtirok etayotgan yuridik va jismoniy shaxslarni ragʻbatlantirish mexanizmini joriy qilish zarurligi qayd etildi.

Atrof-muhit ifloslanishining oldini olish sohasida davlat nazoratini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi. Masalan, Andijon, Angren, Buxoro, Navoiy, Fargʻona, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq, Toshkent va Nukus kabi sanoatlashgan shaharlarda havoning chang bilan ifloslanish darajasi sanitar meʼyordan oʻrta hisobda 2,7 barobar ortgani kuzatilgan.

Ekologicheskiy reyd protiv deyatelnosti brakonyerov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Brakonyerlar tufayli Oʻzbekiston tabiatiga 258 million soʻmdan ziyod zarar yetkazilgan

Shu bois, Ekologiya davlat qoʻmitasi mutasaddilariga xalqaro tajriba asosida atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy kontseptsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Yigʻilishda oʻsimlik va hayvonot dunyosi obʼyektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, muhofaza etiladigan hududlarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Masalan, oʻtgan yili hayvonot va oʻsimlik dunyosi boʻyicha 3 ming 782 ta huquqbuzarlik va brakonʼyerlik holatlari aniqlangan. 8 ta davlat qoʻriqxonasidan 6 tasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasida, 2 tasi Geologiya va Ekologiya qoʻmitalari tasarrufida boʻlib, ularni boshqarishda yagona tizim mavjud emas. Shu bois, qoʻriqxonalarni yagona davlat organiga biriktirish masalasini oʻrganib, asosli takliflar ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.

Chiqindilarni toʻplash va tashish ishlarini doimiy nazorat qilish, aholining bu boradagi madaniyati va masʼuliyatini oshirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

"Bu boradagi ishlar zamirida odamlarning sogʻligʻi, turmush farovonligi yotibdi. Shu bois, bu masala bilan har bir tumanda va doimiy shugʻullanish kerak", dedi davlat rahbari.

Muhokama qilingan masalalar boʻyicha mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader