Iqtisod

Toshkentda qiymati 1,4 milliard boʻlgan texno-majmua quriladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishmaket sovremennogo mikrorayona
maket sovremennogo mikrorayona - Sputnik Oʻzbekiston
Maydoni 50 gektar boʻlgan majmua hududida biznes-markazi, turar joylar, taʼlim, tijorat tashkilotlari, ilmiy tekshirish institutlari va boshqa obʼyektlar boʻladi.

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Janubiy Koreyaning POSCO Daewoo korporatsiyasi Toshkentda, umumiy qiymati 1,4 mlrd dollar boʻlgan High Tech City — yuqori texnologiyali majmua — qurilishini boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu shartnoma Toshkent shahar hokimiyati hamda Davlat investitsiyalar qoʻmitasi tomonidan imzolangan.

Proyekt delovogo tsentra Tashkent City - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Tashkent city" xalqaro ishbilarmonlik markazi loyihasi yanada takomillashtiriladi

Yangi majmua 50 gektar maydonda joylashgan boʻlib, bu yerda biznes-markazlari, turar joylar, taʼlim, tijorat va sanoat muassasalari, ilmiy-tekshirish markazlari va boshqa obʼyektlar joylashgan boʻladi. Ularning barchasi "aqllli" texnologiyalar, energiya tejovchi va binolarni avtomatlashtiruvchi tizimlarni qoʻllash yordamida amalga oshiriladi.

High Tech City yuqori texnologiyali majmuasi qurilishini boshlash uchun ikkala tomondan ishchi guruhlar tashkil etilgan. Guruh loyihani amalga oshirish uchun joy tanlash masalasini oʻrganadi va uning barcha bosqichlarini nazorat qilib boradi. High Tech City joylashtirish uchun toʻrtta hudud oʻrganilmoqda.

Koreyalik mutaxassislar Toshkentda shahar qurilish ishlarini tahlil qilib, allaqachon amalga oshirilayotgan — Tashkent City va "aqlli" shahar Nurafshon loyihalari bilan tanishib chiqishdi.

POSCO Daewoo — xalqaro gigant korporatsiyasi boʻlgan POSCOning shoʻʼba korxonasi boʻlib, u xalqaro savdo va sarmoyalar bilan shugʻullanadi. Kompaniya nafaqat Koreya balkim butun dunyo miqyosida katta qurilish tajribasiga ega.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala