Dunyoda

Moskvada oxirgi 100 yilda eng kuchli qor yogʻini kuzatilmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishSnegopad v Moskve
Snegopad v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Tabiiy anomaliya oqibatida - 1 kishi qurbon boʻlgan, 5 kishi jarohatlangan, 370 ta daraxt qulab tushgan, 100dan ortiq aviaparvozlar bekor qilingan.

MOSKVA, 4 fev — Sputnik. Ushbu dam olish kunlari, 3-4 fevralda Moskva eng kuchli qor yogʻini boʻlib oʻtmoqda. Ikki kun davomida yoqqan qor qalinligi 40 sm dan oshdi. Sinoptiklar xabariga koʻra bunday kuchli qor yogʻini oxirgi 100 yilda kuzatilmagan.

© Sputnik / Ivan Sekretarev / Fotobankka oʻtishMoskvada qalin qor yogʻdi
Lyudi stoyat na ostanovke ryadom s zasnejennыm parkom vo vremya snegopada v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Moskvada qalin qor yogʻdi
Moskva boʻylab 370ga yaqin daraxtlar qulab tushgan, bir kishi qurbon boʻlgan bir necha kishi jarohatlangan. Moskva metrosining, bir qismi yer ustidan oʻtgan, Fili yoʻnalishida, temir yoʻlga daraxt qulab tushishi oqibatida metropoliten harakati vaqtincha toʻxtatilgan. Shuningdek simlar uzilishi va daraxtlar qulashi oqibatida bir necha tramvay yoʻnalishlari ham vaqtincha ishlamayapti.

© Sputnik / Ivan Sekretarev / Fotobankka oʻtishMoskvada qalin qor yogʻdi
Snegopad v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Moskvada qalin qor yogʻdi
Yakshanba kuni Moskvada qor qatlamining umumiy qalinligi 60 santimetrdan  oshishi kutilmoqda. Fevral oyi uchun odatiy norma esa — 35 sm.

Ushbu qor uyumlarini tozalash uchun oʻahar koʻchalarida 15 ming texnika 70 ming ishchilar ishlamoqda. Oʻtgan sutka davomida shahardan 800 ming kubometr qor olib chiqib ketilgan.

© Sputnik / Oleg Golod / Fotobankka oʻtishMoskvada qalin qor yogʻdi. Kommunal xizmat ishchilari yoʻl ustiga qulab tushgan daraxtni olib tashlashmoqda
Sotrudniki kommunalnыx slujb vo vremya uborki dereva, upavshego na avtomobilnuyu dorogu v sledstviye snegopada v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston
Moskvada qalin qor yogʻdi. Kommunal xizmat ishchilari yoʻl ustiga qulab tushgan daraxtni olib tashlashmoqda
Shaharning asosiy koʻchalari har toʻrt soatda maxsus avtomobillar yordamida supurilmoqda va qor erituvchi reagentlar, marmar kukuni bilan ishlov berilmoqda.

Moskva shahar transporti tizimi kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Metropolitenning 1800 dan ortiq xodimlari kirish yoʻlaklari va metropolitenga yaqin hududlarni tozalamoqda.

© Sputnik / Oleg Golod / Fotobankka oʻtishQalin qor tufayli ayrim yoʻnalishlarda tramvaylar harakati toʻxtab qoldi
Snegopad v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Qalin qor tufayli ayrim yoʻnalishlarda tramvaylar harakati toʻxtab qoldi
Ob-havo tufayli Moskva aeroportlarida ushlab qolingan aviaparvozlar soni 100dan oshdi. Yakshanba kuni kechqurun havo harorati —10 darajagacha sovishi kutilmoqda.

© Sputnik / Oleg Golod / Fotobankka oʻtishMoskvada qalin qor yogʻdi
Snegopad v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Moskvada qalin qor yogʻdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala