Futzal: O‘zbekiston – Yaponiya 2:4

© AFC.comSbornaya Uzbekistana ustupila Yaponii na chempionate Azii po futzalu
Sbornaya Uzbekistana ustupila Yaponii na chempionate Azii po futzalu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 6 ball bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik, Ramiz Baxtiyarov. Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi hal qiluvchi o‘yinda Yaponiyaga 2:4 hisobda boy berdi.

Umumiy musobaqa miqyosida ushbu o‘yin katta ahamiyatga ega emas, chunki O‘zbekiston ham Yaponiya ham 6 balldan ochko jamlab, gurhdan chiqish imkoniyatini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan edi. O‘zbekiston jamoasi durang hisobida o‘yinni yakunlagan taqdirda ham guruhda birinchi o‘rinni egallagan bo‘lar edi.

O‘yin boshida O‘zbekiston debut gol urib ustunlikka erishdi. Hisobni Farxod Abdumanonov ochdi.

Ikkinchi taymda Yaponiya jamoasi tirishqoqlik ko‘rsatib 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Qizig‘i shundaki, ularning ikkala goli ham jarima to‘pidan mohirona foydalanish orqali amalga oshirildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston jamoasi raqib darvozasiga shiddatli hujumlar uyushtirishda davaom etdi. Artur Yunusovning aniq zarbasi hisobni tenglashtirdi. Lekin o‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganda yaponiyaliklar kutilmagan gol urishdi. Undan 3 daqiqa o‘tib yana bir marta. Yakuniy hisob – 2:4.

Natijada Yaponiya guruhdan 9 ball bilan birinchi o‘rinda, O‘zbekiston esa 6 ball bilan ikkinchi o‘rinda chiqishdi. Pley-offda O‘zbekiston A guruhda birinchi o‘rinni egallagan Vyetnam jamoasi bilan uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha Osiyo chempionati Xitoyning Taybey shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0