Toshkent shahrida ruhiy xasta ayol talaba yigitni pichoqladi

© Sputnik / Pavel LisisinNoj v ruke
Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pichoqlangan yigit hodisa joyida vafot etgan

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Toshkent shahrida ruhiy xasta ayol birinchi kurs talabasini pichoqlab o‘ldirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda 36 kishi kalla-pocha va xasipdan zaharlandi
Hodisa 4-fevral kuni soat 03:00larda Toshkent shahrida yuz bergan.

"Uchtepa tumani yashovchi, ruhiy kasal, 1989-yilda tug‘ilgan Olga Boronenko uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashagan, Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti 1-kurs talabasi, 1997-yilda tug‘ilgan. M. Mamajonovning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan", — deyiladi xabarda.

Xabarda ta’kidlanishicha, Mamajonov voqea joyida vafot etgan, Boronenko qo‘lga olingan.

 

Yangiliklar lentasi
0