Urganchda kollej o‘quvchisi o‘z onasi va ukasini bo‘g‘ib o‘ldirdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kollej o‘quvchisi o‘z onasi va besh yashar ukasini ayollar ro‘moli bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Urganch qurilish kasb-hunar kollejining birinchi bosqich o‘quvchisi Og‘abek Abdullayev onasi va o‘gay ukasining qotiliga aylandi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri.

Xabarda aytilishicha, Og‘abek 2018-yilning 31-yanvar kuni onasi Gulnora To‘rayeva bilan janjallashib, g‘isht bo‘lagi bilan uning bosh qismiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazadi va ayollar ro‘moli bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi.

Inspektoram profilaktiki vrucheni klyuchi ot kvartir i mashin - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar vaziri Bobojonov Oliy Majlis Senatida axborot berdi
Mash’um voqea sodir bo‘lgan paytda Og‘abekning shu uyda yashovchi o‘gay ukasi Azizbek Masharipov onasiga tegmaslikni so‘rab yalinib-yolvoradi. Ammo aka o‘z ukasini ayamaydi. Besh yashar Azizbekni ham ayollar ro‘moli bilan bo‘g‘ib o‘ldirib, jinoyat izini yashirish maqsadida jasadni jomadonga joylab tunda uy yerto‘lasiga tushirib qo‘yadi.

Xabarga ko‘ra, ushbu jinoyat haqida huquqni muhofaza qilish organlariga qo‘shnilar tomonidan xabar qilingan.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra jinoyatga aloqador tomonlarning shaxsiga oid ma’lumotlar aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, Gulnora To‘rayeva ikki marta nikohsiz tushmush qurib, har turmushidan bir nafardan farzandli bo‘lgan. Ilgari sudlangan. Tayinli bir ish bilan shug‘ullanmay, yengil-yelpi hayot kechirishga odatlangan. Nosog‘lom muhit shakllangan oilada tarbiyalangan Og‘abek ham 2017-yilning mart oyida o‘g‘irlik jinoyati sodir etib sudlangan. Ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0