"Olimpiada-2018"ning eksklyuziv translyatsiya huquqini "Uzreport" telekanali qo‘lga kiritdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishSimvolika XXIII Olimpiyskix igr v Olimpiyskom parke v Pxenchxane
Simvolika XXIII Olimpiyskix igr v Olimpiyskom parke v Pxenchxane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik sport ixlosmandlari Olimpiya o‘yinlarini aynan ushbu telekanal orqali tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Milliy olimpiya qo‘mitasi "Uzreport TV" telekanaliga XXIII qishki Olimpiya o‘yinlarining eksklyuziv huquqini rasmiy sotib olish taklifi bilan chiqdi. Telekanal bu taklifni ma’qullab, tegishli kelishuvga erishdi va Olimpiya o‘yinlari translyatsiyasining eksklyuziv huquqini sotib oldi, deb xabar qildi uzreport.news.

Uzbekskie sportsmeni v Baku - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston sporti: 2017-yilning yodda qolarli 17 voqeasi
Eslatib o‘tamiz, 9-25 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi.

Mazkur olimpiada kabi yirik jahon ahamiyatidagi musobaqalarni translyatsiya kilish huquqlariga amal qilgan holda ko‘rsatilishi xalqaro maydonda, shu jumladan, sport hamjamiyatida O‘zbekiston va o‘zbek sporti mavqeyini, imidjini yanada ko‘tarishi aniq.

O‘zbekistonlik sport ixlosmandlari Olimpiya o‘yinlarini aynan ushbu telekanal orqali tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ma’lumot uchun, ishni professional tarzda tashkil qilgan "UZREPORT TV" telekanali bunga qadar futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Angliya Premyer-Ligasi, Ispaniya La-Ligasi, Yevro-2016, shuningdek, boks bo‘yicha Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionati va qishki Osiyo o‘yinlarining translyatsiya huquqini xarid qilgandi. 

Yangiliklar lentasi
0