Jamiyat

Qozogʻistondagi fojia qurbonlariga bagʻishlab qalblarni larzaga soluvchi klip yaratildi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishTerakt, gvozdiki
Terakt, gvozdiki - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyati Irgiz tumanida Samara - Chimkent trassasida ichida 57 nafar kishi boʻlgan avtobus yonib ketgandi

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Internetda oʻzbek xonandasi "52 Vatandosh hotirasiga" deb nomlanuvchi klipi tarqaldi, deb yozadi Sputnik Qozogʻiston.

Qoʻshiq 18 yanvar kuni Qozogʻistonda yuz bergan fojia qurbonlariga bagʻishlangan. Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyati Irgiz tumanida Samara — Chimkent trassasida ichida 57 nafar kishi boʻlgan avtobus yonib ketgandi. Hodisa oqibatida 52 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgan, uch qozogʻistonlik va ikki oʻzbekistonlik omon qolgandi.

Avtobusning uch nafar haydovchisi, Janubiy Qozogʻistonda yashovchi shaxslar halokatdan soʻng ochilgan jinoyat ishi boʻyicha gumondor sifatida hibsga olingan.

Qurbon boʻlganlarning jasadlari Oʻzbekistonga olib kelindi va dafn etildi. Fojiadan soʻng Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev avtobusdagi yongʻin sabablarini oʻrganish boʻyicha maxsus hukumat komissiyasini tashkil etish topshirigʻini berdi. Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi komissiyaga TIV, IIV, FVV, SSV va boshqa idoralar vakillari kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala