Iqtisod

Sabitov Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish qancha davom etishi haqida

Ekspert Oʻzbekistonda yaqin ikki-uch yil davomida iqtisodiy oʻsish davom etadi, undan keyingi vaziyat esa prezident Shavkat Mirziyoyev qaysi yoʻlni tanlashiga bogʻliq boʻladi, degan fikrda

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Qozogʻiston respublikasining birinchi prezidenti fondi qoshidagi jahon iqtisodiyoti va siyosati instituti eksperti Jaqsiliq Sabitov Sputnik radiosi efirida mamlakat rahbari oʻzgarishi vaqtida iqtisodiy oʻsish surʼatlari har doim ikki barobar koʻproq boʻlishini taʼkidladi.

Reyting stran - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 152-oʻrinda joylashdi
"Yaqin ikki-uch yil ichida Oʻzbekistonda texnik iqtisodiy oʻsish sodir boʻladi. Uning qanday davom etishi, Shavkat Mirziyoyevning oʻzi iqtisodiy liberalizatsiyaga oʻrnatadigan chegaraga bogʻliq boʻladi. Agar u, misol uchun Qozogʻistonda 90-yillarda oʻtkazilgan, ultraliberal islohotlar yoʻlidan borsa, u holda bu oʻsish 10 yil davom etishi mumkin, deya taxmin qilish mumkin", — deb qayd etdi ekspert.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, agar Mirziyoyev Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov davridagi pozitsiyada qatʼiy qolsa, u holda iqtisodiy oʻsish surʼati oʻrta boʻlib, sezilarli oʻzgarishlarga olib kelmaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala