Yagona darcha markazlarida 14ta yangi xizmat turlari paydo bo‘ladi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishRabota mnogofunksionalnogo sentra
Rabota mnogofunksionalnogo sentra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning 1-aprelidan boshlab “yagona darchalar”da tarmoqlarga ulanish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, daraxtlarni kesishga ruxsatnoma olish kabi xizmatlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Xalq qabulxonalarida ochilgan “yagona darcha” markazlarida yaqin orada 10dan ortiq yangi xizmat turlari paydo bo‘ladi, deb xabar qilmoqda, Podrobno.uz nashri.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xabariga ko‘ra, 2018-yilning 1-aprelidan boshlab “yagona darcha” markazlarida mavjud bo‘lgan xizmatlar qatoriga yuridik va jismoniy shaxslar uchun yana 14ta yangi xizmat turlari qo‘shiladi.

Yangi xizmatlar quyidagilar bo‘ladi:

  • yuridik va jismoniy shaxslarni gaz, issiqlik ta’minoti, suv va kanalizatsiya tarmoqlariga ulash;  
  • binolar tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, ta’mirlashga ruxsatnoma olish;
  • obyektlar faoliyat turini o‘zgartirish va ularni qayta ta’mirlash uchun ruxsatnoma;
  • me’morchilik-reja topshirig‘i ishlab chiqarish;
  • loyiha hisob-kitob hujjatlarini muvofiqlashtirish;
  • qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma berish;
  • qurilishi, ta’mirlanishi bitgan binolarni qabul qilib olish;
  • o‘rmon fondiga kirmagan daraxtlarni kesishga ruxsatnoma berish;
  • suv ta’minoti obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsat berish;
  • o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsat berish va boshqalar.

Eslatib o‘tamiz, xalq qabulxonalari huzurida tashkil qilingan Davlat xizmatlari markazlari 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab ishga tushirilgan edi. Ushbu markazlarning asosiy ishlash tamoyili — “fuqarolar emas, hujjatlarni harakatlantirishdir”. Bir necha yil ichida ushbu markazlar orqali 60dan ortiq xizmatlar ko‘rsatish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0