Rossiya kompaniyasi Andijon ko‘chalarini zamonaviy ko‘rinishda bezash bo‘yicha taklif berdi

© Facebook / Abdurahmonov Shuhratbek Qo‘shaqboyevichKompaniya "Omega" predstavila svoi predlojeniya po oformlenii goroda Andijana
Kompaniya Omega predstavila svoi predlojeniya po oformlenii goroda Andijana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniyaning Sankt-Peterburg, Boku, Krasnoyarsk shaharlarini bezash ishlari yuqori baholangan

TOShKENT, 15 fev – Sputnik. Rossiyaning “Omega” kompaniyasi Andijon viloyati ko‘chalarini zamonaviy ko‘rinishda bezash bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. Bu haqda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Feysbukdagi sahifasida xabar qildi.

"Kuni kecha viloyat hokimi Rossiyaning “Omega” assotsiatsiyasi raxbarini qabul qildi. Uchrashuvda "Omega" kompaniyasi rahbari Andijon viloyatidagi ko‘chalarni zamonaviy ko‘rinishda bezash bo‘yicha o‘z takliflarini viloyat hokimiga taqdim etdi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, kompaniya kommunal tizimlardan foydalanishda axborot texnologiyalardan foydalanish borasida ham o‘z takliflarini berdi.

Omega kompaniyasi 2002-yilda tashkil etilgan bo‘lib, assotsiatsiya tarkibiga to‘rt kompaniya kiradi. Kompaniya har qanday murakkablikdagi badiiy arxitektura, yoritish va elektromontaj ishlari, binolardan tortib butun boshli shaharlarni bezash ishlari bilan shug‘ullanadi.

Kompaniyaning Sankt-Peterburg, Boku, Krasnoyarsk shaharlarini bezash ishlari yuqori baholangan.

Yangiliklar lentasi
0