Jamiyat

Moskvada koʻcha supuruvchilar necha pul maosh olishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishUborka snega v Moskve
Uborka snega v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Moskva meri oʻrinbosari soʻzlariga koʻra, shahar kommunal xizmatlarida ishlaydiganlarning maoshi oxirgi yillarda 2,5 baravar oshgan.

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Moskva meri oʻrinbosari Petr Biryukov aytishiga qaraganda kommunal xizmatlar sohasida maoshlar oxirgi yillar davomida 2,5 baravar oshgan va xususiy kompaniyalar toʻlaydigan maosh bilan tenglashgan. "Rossiyskaya gazeta" maʼlumoti asosida.

“Hududlarni tozalaydigan koʻcha supuruvchilar normativ boʻyicha oyiga – 45 000 rubl maosh oladi, mexanizatorlar, slesar va santexniklar – oʻrtacha 60 ming rubl maosh oladi”, — dedi Biryukov.

Mer oʻrinbosari soʻzlariga koʻra, Moskva kommunal xizmatlarida ishlayotganlarning koʻpchilligi – boshqa hududlardan kelgan rossiyaliklar, migrantlar emas.

“Poytaxtdagi turar joy fondining 72% ga xizmat koʻrsatadigan "Jiliщnik" davlat-byudjet muassasasida 40% — Moskva shahar va viloyati aholisi, 30% — boshqa viloyatlardan kelgan fuqarolar ishlaydi”, — dedi mer oʻrinbosari.   

Eslatib oʻtamiz, Moskva shahrida hududlarni tozalashga jalb qilinayotgan mehnat migrantlari doimiy va mavsumiy tartibda yollanadi. Ularning bir qismi doimiy tartibda ishlasa, boshqalari ish koʻpaygan qish va bahor mavsumida yollanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala