Toshkent shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashning yangi uslublari joriy etilmoqda

© GUVD TashkentaInspektori motogruppi DPS Tashkenta
Inspektori motogruppi DPS Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endi O‘zbekiston poytaxtida ichki ishlar bo‘limlari sektorlar bo‘yicha tashkil etiladi, profilaktika inspektorlari Respublika bo‘yicha bir-birlariga bajarilishi majburiy topshiriqlar berishi mumkin, xodimlar tabel quroli o‘rniga elektroshok bilan qurollanadi, poytaxt militsiyasiga propiskasiz ham xizmatga kirish mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 15 fev — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kun kecha "Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Hujjatga muvofiq Toshkent shahar ichki ishlar organlarida quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish nazarda tutildi:

— shu paytgacha amalga bo‘lgan Toshkent shahar tumanlari ichki ishlar boshqarmalari tugatilib, ularning o‘rniga ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari tashkil etildi. Ularning asosiy vazifalari ichki ishlar bo‘linmalari faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish, tashkillashtirish, xalq bilan muloqotni va uzviy hamkorlikni tashkil etishdan iborat;

Inspektoram profilaktiki vrucheni klyuchi ot kvartir i mashin - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi profilaktika inspektorlariga shaxslarni o‘rganish vazifasi yuklatildi
- amaldagi shahar ichki ishlar bo‘limlari ichki ishlar bo‘limlari sifatida qayta tashkil etildi. Ularning asosiy vazifalari sektorlar hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish etib belgilandi va ularning huquqlari, vazifalari doirasi kengaytirildi;

— Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining mavqeyi bir pog‘ona ko‘tarildi — endi Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i bir vaqtning o‘zida Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari ham hisoblanadi;

— Bosh boshqarma boshlig‘ining yoshlar masalasi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi;

— ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlari maslahatchisi lavozimi joriy etildi. Bu lavozimga pensiyada bo‘lgan sobiq xodimlar jamoatchilik asosida tayinlanadi va ularga olayotgan pensiyasining 30 foizi miqdorida oylik ustama haqi belgilanadi;

— ichki ishlar organlari rahbarlari va profilaktika inspektorlarining deputatlar va aholi oldidagi hisobdorlik tartibi joriy etildi;

Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev qarori bilan IIV tizimiga yangi lavozimlar kiritildi
- profilaktika inspektorlarini mavqeyini oshirish choralari ko‘rildi — endi ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari lavozimlari profilaktika katta inspektorlari orasidan jamlanadi; jazolangan, o‘zini salbiy tomondan ko‘rsatgan xodimlarni profilaktika inspektori lavozimiga tayinlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi; ularga respublika bo‘yicha bir-birlariga ijro etish majburiy bo‘lgan topshiriqlar berish huquqi berildi;

— shu yilning 1-aprelidan xodimlar faoliyatini reyting tizimi orqali baholash, yuqori natijaga erishilganlarni rag‘batlantirish, vazifasini lozim darajada bajarmaganlarni jazolash; "102" raqami orqali kelib tushgan ma’lumotlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etishni soddalashtirish tartibi joriy etiladi;

— Bosh boshqarma tarkibidagi Matbuot xizmati Bosh boshqarma Matbuot multimedia markazi sifatida qayta tashkil etildi;

— Bosh boshqarmaga, istisno tariqasida, Toshkent shahrida doimiy propiskasi bo‘lmagan fuqarolar orasidan ham nomzodlarni qabul qilishga ruxsat etildi;

— ichki ishlar bo‘limlari xodimlarini bosqichma bosqich xizmat uyali telefonlari (planshetlar) bilan ta’minlash choralari belgilandi;

General - mayor Kurbanov, nachalnik GUVD Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent IIBB boshlig‘i o‘zgardi
- ichki ishlar organlari rahbarlari va xodimlarining zamonaviy talablar asosida o‘qitilishini tashkillashtirish choralari ko‘rildi;

— Bosh boshqarma, muvofiqlashtiruvchi boshqarmalar, ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining tegishli sohalar uchun shaxsiy mas’uliyati belgilab berildi;

— tumanlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi, tadbirkorlikni rivojlantirish va muammoli oilalar bilan ishlash ustidan nazorat qilish jamoatchilik kengashlari tuzilishi belgilandi;

— ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni soddalashtirilgan tartibini joriy etish choralari ko‘rildi, bunda haydovchisi bo‘lmaganda ham noto‘g‘ri to‘xtab turish bo‘yicha bayonnoma tuzish nazarda tutiladi;

Voditelskoe udostoverenie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
IIBB haydovchilik guvohnomalarini berish to‘xtatib qo‘yilgani sababini tushuntirdi
- piyodalarni ham ma’muriy javobgarlikka tortish orqali, ular orasida yo‘l qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish choralari belgilandi;

— xodimlarni bosqichma bosqich tabel o‘q otar qurol o‘riga elektroshok vositalari bilan ta’minlash borasida taklif kiritish belgilandi.

Qarordan ko‘zlangan asosiy maqsad: poytaxtda jamoat tartibini saqlash ishlarini, huquqbuzarlik profilaktikasini yangi pog‘onaga ko‘tarish, jinoyatchilikka qarshi kurashni faollashtirish, asosiysi, ushbu faoliyatga barcha davlat, jamoat organlarining o‘zaro hamkorligining amaliy mexanizmini joriy etish.

Qarorda ifodalangan asosiy g‘oyalar

— poytaxt ichki ishlar organlarining boshqaruv funksiyasini qisqartirib, asosiy urg‘uni bevosita amaliy ish bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalarga berish. Quyi pog‘onadagi bo‘linmalarning huquq va burchlarini kuchaytirish, ularning boshliqlariga mustaqil qarorlar qabul qilish, naradlarning kunlik dislokatsiyasini belgilash huquqlarining berilishi;

O‘zbek militsiyasi rahbariyati har uch yilda almashadi - Mirziyoyev yangi qarorni imzoladi
- xodimlarning bilimi, saviyasi va kasbiy mahoratini, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish. Xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirishga va ma’rifatli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilishi, buning uchun aniq vazifalar, chora-tadbirlar belgilanishi;

— rahbarlar va xodimlarning yuklatilgan vazifa uchun shaxsiy javobgarligini aniq belgilash. Rahbarlar shaxsiy mas’uliyati doiralarining aniq belgilanishi, xodimlar faoliyati uchun joriy etiladigan reyting tizimi, u orqali xodimlarni rag‘batlantirish va jazolash;

— ichki ishlar organlari xizmatini insonparvarlik g‘oyalari asosida tashkil etish. Jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etishni soddalashtirilishi, kriminogen vaziyatni yaxshilashning eng muhim omili sifatida tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish va aholi, ayniqsa yoshlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi, nihoyat, tabel quroli o‘rniga elektroshok vositalari joriy etilishi;

— ichki ishlar organlarini aholiga, xalqqa yaqinroq bo‘lishini ta’minlash. Aholi va deputatlar oldidagi hisobot berish tizimining yo‘lga qo‘yilishi, Matbuot multimedia markazi tashkil etilishi, biriktirilgan hududga tezkor-profilaktik xizmat ko‘rsatilmay qolishiga olib keladigan bo‘lsa profilaktika inspektoriga hududni tashlab ketish taqiqlanishi.

2019 yildan boshlab ushbu tartib butun respublika bo‘yicha joriy etilishi mumkin.

Qaror nimalarni belgilab berdi?

— ma’muriy-boshqaruv lavozimlari soni qisqarib, real ish bilan shug‘ullanuvchi xodimlarga jiddiy e’tibor qaratiladi;

— shusiz ham uncha ko‘p ishlatilmayotgan, aksariyat ortiqcha vahima uchun olib yuriladigan tabel qurollidan voz kechiladi;

Nachalnik GUVD Tashkenta Kurbanov Baxodir - Sputnik O‘zbekiston
General-mayor Qurbonov: Militsiya - eng olijanob kasb!
- jinoyatchilik profilaktikasiga jamoatchilik davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari keng miqyosda jalb etiladi;

— rahbarlarning shaxsiy javobgarlik "hudud"lari aniq belgilab qo‘yildi;

— ichki ishlar organlarining xalq oldidagi hisobdorligi va ochiqligi ta’minlanadi;

— profilaktika inspektorlarining mas’uliyati oshiriladi, ularning mahalla ishlaridagi ishtiroki kengaytiriladi;

— ichki ishlar organlarining vazifasi nafaqat jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olishgina emas, balki fuqarolarning, hududning muammolarini hal etishi.

Yangiliklar lentasi
0